Bir qiz kezar bog’ni sokin farovon Kimnidir izlaydi boqib xar tomon Qo’llarida tutgancha oppoq soyabon U kutgan insoni kelmaydi hamon Endi shirin suxbat qurmaslar tamom Oh qanchalik og’ir beshavqat zamon Olib ketti oshiqni u dunyo tomon Bechora qiz buni bilmaydi hamon Alvon gullar qurib bo’ldilar xazon O’tsa xamki oradan qancha ko’p zamon Umid bilan kutar qiz xali-hamon Qo’llarida tutgancha oppoq soyabon Sadoqatning bizga yorqin timsoli Chin muxabbatning so’zsiz misoli Nasib qilmasxam yorning visoli Bog’ aro u yolg’iz kezadi hamon Qo’llarida tutgancha oppoq soyabon