Mani ismim Mirsaid. 18 yoshdaman. Bu voqea mani xayotimni tubdan o’zgartirib yubordi! Xammasi 2008-yil avgust oyida boshlandi. Mani eng yaqin do’stim bor. Uni ismi Ilxom. U bilan 13-yildan beri qalin do’stmiz. U bilan yozni maroqli o’tkazayotgandik. Chunki repetitorlardan endi qutilib, Davlat test imtixonlaridan o’tib bo’lgandik. Faqatgina mondatni intizorlik bilan kutayotgandik. 10-avgust kuni u menga telefon qilib “do’stim bir savobli ishga qo’l urmimizmi”- deb aytib qoldi. Man qiziqib so’radim “nima ish ekan”-deb. Uni tog’asi boridi 1 oy oldin vafot etgandi. 40 lariga uyini remont qilish kerak deb aytib qoldi. Man boshida ikkilandim chunki uyda xam ish yetalri edi. Lekin rozi bo’ldim. 1-kun ishladik, ertasiga do’stimni jiyani keldi u qizni oldin xam maktabda o’qib yurgan chog’imda ko’rgandim unda 7- sinfda o’qirdim, lekin sevgi xaqida unda tushincham yo’q edi. O’sha kuni birinchi bor ko’rganimdayog’ yuragim jizetib qalbimda qandaydir iliqlik sezdim! Uni ismi Shaxnoza ekan. Xar kun uni qo’lidan xar xil mazali taomlarni tanavvul qilardik, xar obedga osh erdik. Sovuqchoy so’rasam olib chiqdi faqat xali sovib ulgirmagan ekan. Keyin “lig’ ekan”- deb ichmadim. Etasiga ertaroq keldim uni o’zini ko’rsam derdim. Chunki do’stimni oldida unga termulishim to’g’ri kelmasdi. Yana sovuqchoy so’rasam, biramas 3ta bankaga muzlatkichga qo’yib qo’ygan ekan. O’shanda sezdim г manga befarq emaasligini. Ishimiz oxirlab borardi. U oynalarni artish bilan band edi. Birdan “voy dod, chayon” –deb narvondan sakrab tushdi, man yugurib borsam chayon uni kiyimida yurgan ekan. Man uni qo’lim bilan ushlab o’ldirdim. U xayron qarab qoldi, man yana xech narsa bo’lmagandek ishimni davom ettirdim. Shu kuni shomga yaqin man zinani kraska qilib o’tirgandim, u birdan yonomga kelib “yordamlashib yuborimi” -deb aytdi. Man qarshilik qilmadim birgalashib kraska qildik, asta sekin gaplasha boshladik. Keyin qalinlshib ketdim. Xovlini 10 kun deganda remontdan chiqardik. Oxirgi kuni man unga soat sovg’a qildim, shunda u manga aytgandi “soat ayriliq belgisi”-deb lekin man irimlarga ishonmasligimni aytib unga soatni qo’liga tutqazdim. Man telefon nomerimni berdim, lekin uni telefoni yo’q edi. U manga uy telefondan telefon qila boshladi, u bilan xar bir telefondagi muloqotni telefonimga zapis’ qilardim. U bilan gaplashmagan kuni zapis’larni qayta qayta eshitib yurardim. Bizni ayiradigan sana 1-sent’yabr’ xam yaqinlashardi. Man o’qishga Toshkentga ketishim kerak edi. O’qish xam boshlanib ketdi, manga qizig’i yog’idi o’qishni faqat qachon uni ko’rarkinman deb o’ylab yurardim. Xar kuni para tugashini intizorlik bilan kutardim. Chunki kelishib olgandik xar kuni kunduzgi soat 12da telefonlshishga. Man Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) 1-kursda o’qirdim. Shaxnoza xech adashmasdi, endi Bodomzor metrosiga tushib ketyotganimda telefon qilib qolardi, soatlab metroga tushmasdan gaplashardim. Baxtimga 10-sent’yabr’da meni uyimga ish bilan dekanatdan jo’natvorishdi. Endi uni qnday qilib ko’rsam bo’larkin deb oxiri bir narsa xayolimga keldi, uyda Shaxnozani buvisi boridi man “buvijon sizni ko’rgani keldim” – deb baxonada Shaxnozani ko’rgani bordim. U meni ko’rib ich-ichidan quvonib ketdi.12- kuni manga telefon qilib uyga keling jiyanlarim bor birga iftorlik qilamiz deb qoldi. Man rozi bo’ldim. Uyiga yetay deganda unga telefon qilib “apenditsit bo’lib qoldim shekilli, qornim qattiq og’riyapti’-dedim. Qayerdasiz- dedi xavotirlanib, man unga “ko’chezda yotibman”-dedim. U yugurib chiqdi man uni eshigini oldida devorga suyanib qornimni changalagancha yotardim. U manga turishimga yordamlashib uyga olib kirdi so’ng stulga o’tqazib qo’ydi. U darrov telefon tomon yugurib 03ga tel qila boshladi shunda man “birdan xazillashdim”- deb kulib yubordim. U manga zarda qilib teskari qarab oldi. Iftorlik qishni boshladik man undan uzir so’rashga botinolmay uyida turib telefondan uyiga telefon qildim г yugurib borib telefonni oldi “Shaxnozam mani kechiring”-dedim, U kulib go’shakni qo’ydi yana yonimga kelib o’tirdi. O’sha kuni man eng baxtli inson edim chunki man sevgan insonim yonimda. O’sha kuni bilgandim Shaxnoza mani qanchalik qattiq sevishini. Ertasiga man ketishdan oldin “buvijon fotixa bering man qaytay Toshkentga” degan baxona bilan yana bordim. Tog’asi mani mashinasida Toshkent pitakga tashlash uchun mashinasiga o’tqizdi, Shaxnoza eshikni yonida manga termulib kuzatib qoldi. O’sha manzara bir umr xotiramda saqlanib qoldi, chunki uni shu kungacha ko’ra olmadim. Telefondaxam 24-sent’yabr’gacha gaplashdik. U o’zlari yashaydigan uyiga ketib qoldi. Man esa u bilan buvisinikida tanishgandim u eyrga u buvisiga yordamlashishga kelgan ekan, ular yangi uyga ko’chib borishgani uchun uyda telefon yo’q ekan. Manga 27-noyabrda tel qilib “uyda ishlar ko’payib ketib ko’chaga chiqishni iloji bo’lmadi”-deb aytdi. “Xozir ishlaypman tort pishirish sexida”-deb aytdi. Oxirigi bor 5-dekbr’da telefonlashgandik, oshanda “ertaga albatta telefon qilaman”-deb aytgandi (284 kun bo’ldi oxirgi bor telda gaplashganimizga) mana xali xamon kutmoqdaman. Oradan bir xafta o’tib mani u bilan munosabatlarimizni butunlay uzib yuborgan voqea sodir bo’ldi! Manga bir notanish nomerdan telefon keldi. Telefonni ko’tardim bir qiz “Yaxshi yigit nomerizni sotasizmi?”- deb aytdi. Mani xayolimga darrov Shaxnoza keldi. O’yladim mani sinash uchun dugonasizdan foydalanmoqda deb o’yladimda. U qizni so’kib berdimda, u qizni xaqorat qilib sms yozib yubordim! Oardan yana bir xafta o’tib yana o’sha nomer telefon qilyapti. Man bus afar jaxlim chiqdi “nimaga Shaxnoza manga ishonmayapti”-dedimda, xaligi qiz bilan atayin gaplasha boshladim garchi yonida Shaxnoza turganini bilsamda. U qiz xam manga atyin “sevganiz bormi, uni ismi nima?”-deb so’rardi. Man unga javoban “XA BORIDI , uni ismi SHAXNOZA”-degandim. “Endichi”-deb so’radi u qiz. “Bilmadim mani u unutib yuborgan”-dedim. Shunda yonida turgan ekan. Mandan rosa xafa bo’lgan o’shanda. Yangi yilga uyga borgandim! U bilan xammasini gaplashib olish maqsadida uni ishxonasi oldida ertalab 8 dan kuta boshladim, sovuqqotib quyoshni kuchsiz nurida isinardim, lekin soat 1 bo’lardiki undan darak bo’lmadi. Keyin bilsam shu kuni ishga bormabdi. Mana oxirigi bor ko’rganimgayam 367 kun bo’libdi, uni bir bor ko’rishga zor bo’lib o’tmoqda kunlarim. Xayotim mazmunsiz bo’lib qolgan. Nama qilishni bilmayapman! Bizda Namanganda qizlarni erta kunda berib yuborishadi, ko’pchilik oilalarda xatto o’qishiga xam qarshilik qilsihadi, 9-sinfni bitirib bo’lgandan keyin 1 yil o’tib to’y. Anashunuqa gaplar. Man Shaxnoza bilan munosabatlarimiz yaxshiligida uydagilarga tushintirgandim, “xozir unashtirib qo’yishsa keyin o’qishni bitirib olsam unga uylanaman”-deb o’ylagandim! Lekin ular mani noto’g’ri tushinishdi. “Sanga oily ma’lumotli qiz olamiz” - deb manga qarshilik qilshdi. Uyidan sovchilar arimayaptikan, mani esa oldinda akam bor. Agar uni boshqasiga berib yuborishsa man chidolmiman! O’zimni bir nima qilib qo’yaman. Uni shunchalar qattiq sevaman. Kundan kunga sevgim oshib bormoqda! Endi xozir yana uydagilarga aytay desam Shaxnoza bialn munosabatlrimiz sovuq tomonga o’zgargan! “Sovchilikga borishdiyam”- deylik, uydagilari “Shaxnozani o’zidan so’raylikchi”- deyishsa, Shaxnoza o’zi “yo’q” – deyishidan qo’rqaman. Manga maslaxat beringlar. NIMA QILSAM BO’LADI !!!
|