O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1041 sonli qarori bo`yicha amalga oshirilayotgan UzMobile kompaniyasi CDMA-450 mobil aloqa tarmog`ini rivojlantirish loyihasi doirasida aloqa qamrovini yanada kengaytirish va EV-DO texnologiyasini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu maqsadda Respublika viloyatlarida qo`shimcha 100 ta baza stansiyalarni o`rnatish va kommutasiya markazlarida modernizasiya qilish, ularning sig`imini oshirish ishlari yakunlanmoqda. UzMobile tarmog`i EV-DO texnologiyasiga o`tganidan so`ng abonentlarimiz 2,4 mb/sek. gacha tezlikdagi Internet va ma`lumotlarni uzatish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek EV-DO texnologiyasiga o`tish ko`plab turdagi qo`shimcha xizmat turlarini joriy qilish imkoniyatlarini beradi