Статистика |
XOZIR SAYTDA 7 MEXMON 7 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Август » 18 » Uylanmoqchi bo’lgan kishilar...
20:58 Uylanmoqchi bo’lgan kishilar... |
Odamzot uchun nikoh va iymondan boshqa hatto jannatda ham davom
etadigan ibodat yo’q. Oila shunday saodatmand bir bog’ki, hatto
jannatda ham davom etadi. Bir-birlaridan mamnun bo’lgan umr
yo’ldoshlarning hayoti esa o’lim bilan ham tugamaydi”. O’zimizga
umr yo’ldoshi tanlar ekanmiz, bir yostiqda keksayishgina emas, balki
jannatda ham birga bo’lish orzusida yo’lga chiqishimiz kerak. Nasl-nasabning
qanday davom etishi, farzandlarning ta’lim- tarbiyasi, axloq-odobi,
sog’lik-salomatligi, hatto qarindosh-urug’, aka-singil va
do’st-birodarlar bilan bo’ladigan aloqa, yaqinlik, bordi-keldining
risoladagidek saqlanib qolishi ham bevosita bo’lajak umr yo’ldoshiga
bog’liq. Ota-bobolarimiz kelinning aslu naslida, hatto
qarindosh-urug’larida mavjud bo’lgan iqtidor, qiziqish, xulq, qiyofa,
fe’l-atvor va boshqa o’ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar bo’lajak
farzandlarga irsiyat orqali o’tishi, ta’sir ko’rsatishi mumkinligi
uchun etti ajdodini, qarindosh-urug’ini so’rab-surishtirib, ma’qul
topsalar, keyin sovchi qo’yganlar. Biroq bugungi kunda bunday
qadriyatlar o’rnini birovning boyligi, obro’si, amali uchun quad
bo’lish, boshlig’ining beodob va nomunosib qizini kelin qilish, qizning
chiroyiga uchib uylanish yoki kasbiga, hunariga qarab kelin tanlash
kabi bema’ni odatlar egallamoqdaki, bu hol har bir kishini
tashvishlantirishi shubhasiz. Avvalo Alloh taolo Qur’oni
karimda uylanish haqida bergan ko’rsatmasini keltirib o’taylik. "To
iymonga kelmagunlaricha mushrika ayollarga uylanmangiz! Shubhasiz, ozod
mushrika ayoldan _ garchi u sizga yoqsa-da, _ iymonli cho’ri yaxshidir.
To iymonga kelmagunlaricha mushrik erlarni (qizlaringizga) uylamangiz!
Shubhasiz, ozod mushrikdan _ garchi u sizga yoqsa-da _ mo’min qul
yaxshiroqdir. Ular (mushriklar) do’zaxga chaqiradilar. Alloh O’z
izni-irodasi bilan jannatga da’vat qiladi. Va odamlar eslatma olishlari
uchun o’z oyatlarini bayon qiladi”. ("Baqara” surasi, 221-oyat).
"Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor
ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni zinokor
ayollarga uylanish) mo’minlarga harom qilingandir”. ("Nur” surasi,
3-oyat). Uylanmoqchi bo’lgan kishilar eng avval aqlli, pokdomon
va dindor ayolni tanlashlari lozim. Chunki soliha va yaxshi amallar
qiluvchi ayol dunyoning eng afzal boyliklaridan biri hisoblanadi. Shu
jihatdan soliha va go’zal axloqli ayol diniy va dunyoviy ishlarda
yordamchi bo’ladi. Uylanayotgan kishi aslu nasabi oily ayolni
ixtiyor qilsin. Chunki asl (ona) farzandni o’z tomoniga tortadi. Molu
mulkda, izzatu hurmatda o’zidan pastroq ayolni talab qilsin, chunki bu
jihatlarda erkakning ayoldan ustun bo’lishi , uni fitna va
malomatlardan saqlaydi. Shuningdek, xarajati va ehtiyoji kam ayolga
uylanish kerak. Hadisi sharifda: "Ehtiyoji kam, mahri oz va farzand
ko’rishi oson bo’lgan ayol barakotli ayoldir”, deyilgan. Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi vasallam: "Kimki xotinning molu jamoli uchun uylansa,
uning molu jamolidan mahrum bo’ladi va kimki ayolning dini uchun
uylansa, Alloh taolo u kishiga uning mjlu jamolini ham nasib qiladi”,
deb marhamat qilganlar. Hukamolar aytadilar: uylanuvchining
bo’lajak qallig’i o’zidan to’rt jihatda: yoshda, qomatda, boylikda,
obro’ va e’tiborda past bo’lishi hamda to’rt jihatda: husnu jamolda,
odobda, axloqda va taqvodorlikda ustun bo’lmog’I darkor. Nikohdan
oldin kelin-kuyovning bir bora uchrashishlari sunnatdandir.
Uylanayotgan yigit o’zining mahramlari _ onasi, singlisi, amma yoki
xolasi orqali kelin bo’lmishning lab-tishlarini, qosh-qovog’ini,
ko’z-kipriklarini, sochini, bo’yni-yu tomog’ini, yuzi, poshna va
boldirlarini ko’rdirib, hatto hidlatib olsa ham ravo. Toki nikohdan
so’ng undan nafratlanmasin.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1462 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|