REJISSYOR BILAN AKTYORGA XUJUM!
Kuni kecha kinorejissyor Jahongir Axmedovning “Uylanish” kinokartinasi taqdimoti “Alisher Navoiy” nomli kinosaroyda premyerasi bo’lib o’tdi.Ushbu film nomi va reklama roliklarining o’ziyoq kattayu kichikni qiziqtirib qo’ygani xech kimga sir emas.Ramantik komediya janrida suratga olingan kinokartina o’ta kulgili va qiziqarli saxnalarga boy..Kartina taqdimotidan so’ng Alisher Uzoqov bilan Jahongir Axmedovni ko’cha bezorilari taqib qilibdi.Bundan tashqari aktyor Alisher Uzoqov xususiy gazetalardan birini sudga bermoqchi ekan.
Jahongir Axmedov Premyera banketidan Alisher bilan uyga qaytyotgandik.Kutilmaganda bizni qandaydir bezorilar o’rab olishdi.Sababini xali xanuz tushunmayman.Bu to’polon nega va kimga kerak bo’ldi ekan? Bu savolga taxminim yo’q emas “Uylanish”ning bir nechta saxnalari aynan xayotdan olingan.Bu kimlarningdir asabini buzgan bo’lishi mumkin.Filmning nomi “Uylanish” o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki,film bir yigitning bir qizga uylanishi xaqida.Buni aktyorlarni filmga taklif qilgan paytimdayoq tushuntirganman.Stenariy bilan tanishtirgan xolda filmda rol ijro etishdi.Kartina katta ekranga chiqqan, reklama roliklarni aylanyotgan paytda Alisher xam Asal xam o’zlarining etirozlarini bildirishyapti.Men xam ularning orasidagi muommolar bo’lyotganini tushunyapman.Bu mujorodan juda charchadim ochig’i.Chunki dastlab Asal Shodieva “To’y saxnasini olib tashlang” deb turib oldi.Nega unday dedi tushunmadim.
Asal Shodieva
Voqeaga aniqlik kiritish maqsadida Asal Shodieva bilan bog’landik.Suxbatni Alisher Uzoqov bilan bo’lgan voqeani aytib berishdan boshladik.
Asal Shodieva: Nima? Qanaqa janjal? Men bundan bexabarman! Alisher aka bilan taqdimotdan keyin gaplashganim yo’q.Betobligi tufayli shifoxonaga tushganini bilaman.ammo tortishib qolgani xaqida miq etmadi. Tavba...
Alisher Uzoqov
Banketdan so’ng bir yigit yonimga yaqinlashib,”Sen nega mening qizim bilan qo’l ushlashib yuribsan? Ortiqcha gaplarxam gapiryotyganini eshitdim” deb “Tashlanib” qoldi.Tezda o’zimni qo’lga olib javob qaytardim.Ular ko’pchilik edi.O’sha bezorilar bilan bir amallab til topisha oldik.Insofli odamlar bor ekan. Bizlarni ajratishdi.Gapning qisqasi ularning kimligini bilmayman.