Yangi oy osmonda kezadi, Parishon boqaman unga jim… Ichimni ming sog’inch ezadi, Uyimni judayam so’gindim. Men ketgach xayolin yig’magan, O’g’lisiz hech qayga sig’magan, Telefonda xo’rsinib yig’lagan, Onaizorimni so’gindim. Har yerda faxrim ham savlatim, Suyangan to’gim ham, haybatim, Boshimda eng aziz davlatim - Padari buzurgim sogindim… Biri sho’x, boshqasi hokisor, Ichida kiri yo’q, beg’ubor, Bolalik yo’limda izi bor, Sinfdosh do’stlarim sog’indim Kechayu kunduzda o’ylagan, Dardlarin daftarga so’ylagan, Dilining sozida kuylagan - Menga ko’z tikkanni so’gindim Kiprikda yosh bo’lib qotguvchi, Farzandga borini tutguvchi, Quchog’in lang ochib kutguvchi, Shaharim, qishlog’im sog’indim… Oxiri ko’rinmas dalani, Xuv, o’sha mol boqqan bolani, Tongdagi qatiqchi xolani… Hammasin, hammasin so’gindim… Yangi oy osmonda kezadi, Parishon boqaman unga jim… Muallif-"Masud Mahsudov"
|