Главная » 2009»Декабрь»10 » Uyali telefon orqali gaplashishning salbiy taraflari!
15:52
Uyali telefon orqali gaplashishning salbiy taraflari!
Inson tanasi mobil so'zlashuvlar paytida eletromagnit to'lqinlari tarafidan salbiy ta'sirga uchraydi. Bunda albatta, dastlab terida o'zgarishlar yuzaga keladi. Yangi o'tkazilgan tadqiqotda bu to'lqinlar inson tanasiga qay darajada havfli ekanligi haqida gap ketadi. Tadqiqotda 10 ta ko'ngilliklar qatnashdi. Ularning bilak terilariga GSM-signallari ta'sir ettirib ko'rildi. Tadqiqotda ishtirok etgan olim Dariush Lejchinskning fikricha elektromagnit to'lqinlar inson tanasiga ma'lum darajada ta'sirini o'tkazmay qolmas ekan. Lekin shu bilan birga, bu to'lqinlar inson tanasida keskin o'zgarishlar yasab uning sog'lig'iga jiddiy ta'sir ko'rsatadi deb o'ylashga hali erta! Tadqiqotchilar 2010 yilda ham tadqiqotlarni davom ettirishni rejalashtirmoqdalar! "ANFALIT" tayyorladi.