Hindistonlik 23 yoshli Gopal Guyar Noki 1209 rusumli uyali telefon
orqali gaplashayotganida, telefon kutilmaganda portlab ketdi. Natijada
uning qulog’i, tomoq qismlari kuyib ketdi. Keyin esa, kasalhonada vafot
etdi.
Afsuski, voqea joyida hech kim yo’q edi. Gopal qishloq
chetida yashar, cho’ponlik qilardi. Mahalliy politsiya ham portlash
aynan telefondan chiqqanini tasdiqlayapti. Ammo Nokia kompaniyasi bu
to’g’risida hech qanday rasmiy bayonat bermadi. Telefon
apparatining portlashidan jabr ko’rganlar dunyoda ko’plab uchraydi.
Bunday hodisalar telefonlarning tehnik nosozligi natijasida kelib
chiqadi. Shuning uchun ham mutahassislar uyali telefonlarni sotib
olayotganda ularning tehnik holatini tekshirib ko’rishini maslahat
berishayapti.