Sog'inchlarga chora yo'q sira Orzularim tortadi hira Sevgim izhor aylamasmidim Unuta olsam so'zlaring sening
Hotiralar qiynaydi yomon Yuragimda yashysan hamon Suratinga termulmasmidim Unuta olsam yuzlaring sening
Endi qayta ko'rishmoqlik yo'q O'chay demas ko'ksimdagi cho'g' Yo'llaringda hor bo'lmasmidim Unuta olsam izlaring sening
Qayg'uga dosh bersa olam ham Sog'inchga hech topilmas malham Erkam seni kutolmasmidim Unuta olsam nozlaring sening
Bo'ldim shirin so'zinga mushtoq Yolg'oning ham chindan azizroq O'zing aytgil unutmasmidim Unuta olsam sevgilim seni