UMMONGA KIM SYURPRIZ TAYYORLAMOQDA? Ummon guruhi vakillari tez kunda bo’lib o’tadigan konsert dasturlarida ularni nima kutayotganligini bilishadimi? Dushmanlar ularga qanday sovg’a tayyorlashmoqda? Zohid Shohruh va Jasur saxnada qanday qilib qo’shiq aytishadi?
Yaqin kunlarda, yoshlar tafakkurida shou biznesning mega guruhlaridan biri sifatida ijod qilayotgan Ummon guruhining Toshkentdagi konsert dasturi bo’lib o’tayotganligini shaxar ko’chalarida ilingan bannerlarda kuzatgan bo’lsangiz kerak. Shou.doira.uz partalida aynan ushbu konsert dasturida bo’lib o’tadigan nohushliklar va Ummmon guruhi a’zolari qanday qilib konsertni namoyish etishlari to’g’risida aniq ma’lumot beramiz.
Poytaxtimizning muhtasham "Istiqlol” san’at saroyida bir kunlik 2 siyansda bo’lib o’tadigan Ummon guruhining konsert dasturi albatta muhlislar uchun quvonarli holat. Bundan dalolatki guruh a’zolari ijod parvozida va muhlislar uchun tinmay izlanishda ekanligi. Ketma-ket xit taronalar viloyatlardagi konsert dasturlar va albatta o’zgacha yo’nalish hamda o’zgacha ijro barchani qoyil qoldirayotganini tan olish kerak….
1 iyunda bo’lib o’tadigan Ummon guruhing konsert dasturida, guruh a’zolarini nima kutayotganini ular bilishadimi? Bu guruhni taniydiganlarning deyali barchasi, ularning qanchalar madanyatsiz va mintalitemizga hos bo’lmagan qo’shiqlar bilan ijod qiladigan dushmanlari borligini ko’pchiligimiz yaxshi bilamiz. Poytaxtimizning Sirg’ali tumanidagi Ummon guruhi konsertiga ilingan bannerga Sirg’ali tumanida istiqomat qiluvchilar bannerni loy bilan bitta qilishgani achinarli xolat. Lekin ular o’ziga ishonch bilan bir kunda 2 siyans bilan konsert berayotgani quvonarli holat.
Guruh a’zolariga tanqidlar!
Ko’pchilikka ma’lumki Ummon guruhi taronalarida kompyuterdan yaxshigina foydalanilgan. Ayniqsa guruh a’zosi Zohidning ovozidagi o’ynoqi holatlari kimdurlarga yoqayotgan bo’lsa kimdurlarga buning aksi… Ummon guruhining Azob taronasini eshitgan bo’lsangiz kerak bundagi Shohruh va Jasurning ijrosi chirana-chirana o’sha xorij rock qo’shiqlariga taqlid qilishayotgani barchani ensasini qotiradi. Yoki oramizda mana shu qo’shiq o’z muhlislarini topdi deydiganlar bormi?
Qiziq yuqorida aytganimizdek haqoratli so’zlar bilanq o’shiq aytadigan Ummon guruhi dushmanlari, Ummon guruhiga jumladan guruh a’zosi Zohidga qanday syurprizlar tayyorlashmoqda? Konsert namoyishida hech qanday no hush voqealar bo’lmasligiga kim kafolat beradi? Istiqlol san’at saroyi xodimlari nimaga ishonib konsert yaxshi va hech qanday muammosiz o’tishiga ruxsat berishdi….?! Nima bo’lganda ham Ummon guruhi a’zolariga kelgusida bo’lib o’tadigan ko’ngilsiz voqealarga bardosh va sabr tilab qolamiz.
|