"Havfli Sarguzasht" hamda "24" filmlari hali ekran yuzini ko'rmasdan turib, yana bir qancha filmlardan taklif olayotgan aktyor Ulug'bek Abzalovning ijro etgan obrazlariga e'tibor berib, yangi rolga taklif qilishmoqdami yoki tashqi qiyofasi Ulug'bek Qodirovga o'xshashligi uchunmi? Hali uning debyut filmi muhlislarga taqdim etilganicha yo'q. Ammo "24" filmida salbiy rolni ijro etishga ulgurdi. Ijodkor bilan suhbat (roppa-rosa) 1 hafta oldin rejalashtirilgan edi. Mana o'sha suhbat bugun sizlarga taqdim qilinmoqda. Aktyor haqida Alisher Uzoqov hamda Adiz Rajabovlar ham o'zlarining fikrlarini berishdi. Unday bo'lsa kettik...
Elyor To'laganov: Kino olamiga kirib kelishiz haqida ozgina to'xtalsak...
Ulug'bek Abzalov: Avvaliga bir nechta kino kastinglarda ishtirok etganman, ulardan o'zimga xulosa chiqazib, so'ng "Havfli Sarguzasht" filmining kino tanlovida ishtirok etib, g'olib bo'ldim. Shundan so'ng ushbu filmda bosh ro'llardan birini talqin etdim. Yoshligimdan kino sohasiga qiziqishim katta bo'lgan. Katta orzularimdn biri kinoaktyorlik edi. "Havfli Sarguzasht" orqali bu orzum amalga oshdi desam xato bo'lmaydi.
Elyor To'laganov: Sir emaski, tashqi qiyofangiz Ulug'bek Qodirovga o'xshaydi? Shaxsiy fikringiz qanday?
Ulug'bek Abzalov: To'g'ri. Ko'chada yoki syemka jarayonida ham o'xshatishlar bo'lmoqda. Film rejissyori Akbar Bekturdiyev hamda aktyorlar Alisher Uzoqov va Adiz Rajabovlar ham bu haqda gapirishgan. Ammo har bir aktyorning o'zining uslubi bo'ladi. Tashqi qiyofada o'xshasak ham, uslubimiz borasida oramizda anchagina farq bor.Ulug'bek Qodirov ijodlarini hurmat qilaman.
Elyor To'laganov: "Havfli Sarguzasht" filmida ijobiy, "24" kino kartinasida salbiy rolni talqin qildingiz. Turli xil yo'nalishdagi obrazlar talqini qiyin kechmadimi?
Ulug'bek Abzalov: Aktyorga biror - bir rol berildimi, demak u o'sha rolda o'zini ko'rishi hamda uning hayotiga kirishib ketishi lozim. Shundagina talqin etilayotgan obraz omadli kechadi deb hisoblayman.
Elyor To'laganov: Ba'zi paytlarda salbiy rollarni talqin qilishda muammolar paydo bo'ladi. Bu muammo sizga duch keldimi?
Ulug'bek Abzalov: To'g'risini aytsam, hayotta ajralib turadigan insonlar harakterini kuzatib turaman. Ularning xatti - harakatlariga e'tibor beraman. Shu sababli bo'lsa kerak "24" kartinasida unchalik muammolarga duch kelmadim.
Suhbat qiziqarli kechishi uchun, aktyor haqida Adiz Rajabov hamda Alisher Uzoqovlarning fikrlari bilan o'rtoqlashdik. Marhamat, o'zingiz guvoh bo'ling.
Ulug'bek Abzalov haqida kinoaktyor Adiz Rajabov fikri:
Adiz Rajabov: Fikrim ijobiy. O'ziga berilgan vazifani yaxshi bajaradi. Ishiga tez kirishib keta oladi. Alisher bilan birgalikda qo'limizdan kelgancha yordam berdik. Uni ko'rib, o'zimning ilk rollarim yodimga tushib ketti. Shijoati bor. Kamchiliklari aytilganda yoki tanqidni yaxshi ko'tara oladi va keyingi safar ushbu kamchiliklarni takrorlamaydi. Ulug'bek haqida fikrim ijobiy.
Elyor To'laganov: Adiz aka, Ulug'bek akaga "Qaysi aktyorlar bilan birgalikda ishlashni xohlardingiz" deb so'raganimizda aktyorlar qatorida sizni ham ko'rsatib o'tdilar. Birgalikda filmda namoyon bo'ldingiz, yana rol ijro etish biroz g'alatimasmikin?
Adiz Rajabov: Notanish odam bilan rol o'ynagandan ko'ra, ko'rgan va bilgan odam bilan ijro etish maroqliroq. Yoningizdagi odamni bilasiz. Shu sababli yana birgalikda ishlash bo'sa yo'q demasdim.
Elyor To'laganov: Ularni Ulug'bek Qodirovga o'xshashliklari haqida nima deysiz?
Adiz Rajabov: (Kuladi) [Tezda javob berib] O'xshiydi. Uzoqroqdan qarash kerak. Yuz qiyofasi, asosan xoli bilan o'xshashib ketadi. Fikrimcha yo'nalishida farq bor.
Ulug'bek Abzalov haqida kinoaktyor Alisher Uzoqov fikri:
Alisher Uzoqov: Fikrim juda yaxshi. Sababi tirishqoqlik bor. Juda ko'p professional bo'lmagan aktyorlar bilan sur'atga tushgan bo'lsam, kamdan - kam insonlar, maslahat so'rashadi. Lekin Ulug'bek o'zidan mahorati katta bo'gan insonlardan maslahat so'radi. Qanaqa qilsam yaxshi bo'ladi, nima maslahat berasiz deb so'rab o'rgandi. Bu uning yutug'i. Endi bitta filmda sur'atga tushdim degan fikrda harakatini to'xtatib qo'yish kerak emas. Yana ijodda davom etish kerak. Maslahatim san'at yo'nalishi bilim olishi lozim. Harakatlari juda yaxshi.
Elyor To'laganov: Ularni Ulug'bek Qodirovga o'xshashliklari haqida nima deysiz?
Alisher Uzoqov: Faqatgina tashqi qiyofa tomonlama biroz bir-biriga o'xshash. Ammo xarakteri jihatdan farq qiladi.
Ulug'bek Abzalov bilan suhbatning davomi: Elyor To'laganov: Alisher Uzoqov hamda Adiz Rajabovlar 2009-yilning eng omadli aktyorlari qatorida yuqori o'rinni egallashlari barchamizga ma'lum. Yuqoridagi aktyorlarning qaysi biri bilan ishlash maroqli kechdi?
Ulug'bek Abzalov: (Kuladi) Ular bilan ishlash judayam yoqdi. Kino jarayonlarida katta yordam berishdi. Hayotda ham, ular bilan do'stlashib kettik. Alisher Uzoqov hamda Adiz Rajabov bilan ishlash maroqli kechdi.
Elyor To'laganov: Demoqchisizki, ikkala aktyor bilan ham ishlash bir xil darajada maroqli?
Ulug'bek Abzalov: Ha, albatta. Ularga yana bir marotaba rahmat deyman.
Elyor To'laganov: Ba'zi bir ma'lumotlarga qaraganda o'qish yo'nalishingiz iqtisod yo'nalishida ekan. Vaqt o'tib san'at 2-darajaga tushib qolmasmikin?
Ulug'bek Abzalov: Yashirish kerak emas, iqtisod yo'nalishida tahsil olaman. Lekin hozirda Minavvar Abdullayeva qo'llarida aktyorlik mahorati bo'yicha bilim ko'nikmalarini oshirmoqdaman. Kino sohasi men uchun doim birinchi o'rinda turadi.
Elyor To'laganov: Qaysi aktyor va aktrisalar bilan birgalikda filmda sur'atga tushishni xohlardingiz?
Ulug'bek Abzalov: Ulug'bek Qodirov va Jahongir Poziljonov, aktrisalardan esa Dilnoza Kubayeva hamda Gulchehra Eshonqulova bilan birgalikda filmda sur'atga tushishni xohlardim. Yana bir narsani aytib o'tishim kerak, Adiz Rajabov bilan 2ta filmda sur'atga tushgan bo'lsam ham, yana birgalikda ishlashni istardim, shu jumladan Alisher Uzoqov bilan ham.
Elyor To'laganov: Rejissyorlardanchi?
Ulug'bek Abzalov: Rustam Sa'diyev hamda Akbar Bekturdiyev bilan.
Elyor To'laganov: Saytimizni kuzatib borasizmi?
Ulug'bek Abzalov: To'g'risini etsam, ba'zi paytlar kompyuter orqali internetga ulanish imkoni bo'lmaydi, shunga ko'ra ko'pincha mobil apparatim (telefon) orqali saytingizga kiraman va barcha yangiliklarni kuzatib boraman.
Elyor To'laganov: "Havfli Sarguzasht" filmi ekran yuzini ko'rmasdan turib, "24" filmida sur'atga tushdingiz va yana bir qancha filmdan taklif tushayotgan ekan. Buning asosiy sababi Ulug'bek Qodirovga o'xshashingizmi?
Ulug'bek Abzalov: (Kuladi) Menimcha omadim kelganga o'xshaydi. (Bu haqda ko'p to'xtalishni istmadi)
P.S: Shaxsiy fikrim, ushbu aktyorning omadi bir tomondan Ulug'bek Qodirovga o'xshashi deb hisoblayman. Sababi ushbu shov-shuvli habar, kino olamida yaxshigina tarqadi. Bu esa aktyorga yana bir marta qo'l keldi. Keyingi ishlarda Ulug'bek Abzalovga saytimiz nomidan omad tilab qolamiz.
|