24 may kuni poytaxtimizda joylashgan muhtasham "Farovon" restoranida o'zbek shou-biznesining yana bir vakili, haqiqiy ma'noda iste'dodli xonandasi Ulug'bek Rahmatullaevning visol kechasi bo'lib o'tdi...
Ulug'bek Rahmatullaevning visol kechasini bir necha oy avval xonanda Sardor Rahimxon tomonidan tashkil qilingan "New Star" Media kompaniyasi qat'iy tuzilgan senariy asosida o'tkazdi. Visol oqshomida Ulug'bek Rahmatullaevning yaqinlari va do'stlaridan tashqari, barcha shou-biznes olami, TV, radio va matbuot vakillari ishtirok etishdi. Jumladan, Tohir Sodiqov, Shahnoz, Rashid Xoliqov, Shahzoda, Nilufar Usmonova, Mirjamol, Jakhongir.Uz, "Bayon", "Bojalar", "Davr", "Shod", "Radius 21", "Afruz" guruhlari, Oybek va Nigora, Ziyoda, Odil To'laganov, Ja'far, Dilso'z, Humoyun Mirzo, Rayhon, Otabek Mutalxo'jaev, Zulayho Boyxonova, G'ulomjon Yoqubov, Ulug'bek Otajonov, Sevara Doniyorova, Davron Ergashev, Manzura, Shohruhxon, Botir Qodirov, Alisher Fayz, "Sabo" ansambli, qiziqchilardan Shukrullo Isroilov va Mirzabek Xolmedovlar ishtirok etishdi. Visol oqshomining navbatchi san'atkori Ulug'bek Rahmatullaevning do'sti Sardor Rahimxon bo'lgan bo'lsa, kechani Rixsitilla Abdullaev va Nigora Karimboyeva olib borishdi. Visol oqshomi tun yarmigacha davom etdi.