Ukrainada epidemiya mavsumi boshlanganidan buyon rasman grippning o‘limga olib kelishi bilan bog‘liq 253 ta holat qayd etilgan, deya xabar bermoqda“Korrespondent.net” mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
Qurbonlar orasida 17 yoshgacha bo‘lgan uch nafar yosh bola bor.
Epidemiya mavsumi boshidan beri Ukraina bo‘yicha jami 145 ming kishi “gripp” va “o‘tkir respirator virus infeksiyasi” dastlabki tashxislari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Bundan tashqari, 9-fevral holatiga ko‘ra, ba’zi hududlardagi 2,5 mingta bolalar ta’lim, umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida epidemiyaga qarshi cheklov choralari kiritilgan yoki darslar to‘xtatilgan.
Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 26-yanvar kuni gripp epidemiyasini e’lon qilgan edi.
|