Uill Smit- zamonaviy Gollivvudning eng qimmatli aktyorlaridan biri. Qarib 2 metrga teng bo`yga ega va bolalardek sof qarashlari bor yoqimtoy qoratanli aktyor uchun rejissyorlar bugun chinakamiga jangga kirishga ham tayyorlar. Axir oxirgi yillarda Uill qatnashgan barcha kinoasarlar jaxon kinoprokatida rekord natijalarga erishgan . Bejizga, “Forbs” jurnali Uill Smitga “eng kassabop yulduz” degan nomni bermagan. O`z Vatanida Uill Smitt taniqli rep-ijrochi hamdir. Bo`lajak “yulduzli bola” 1968 yilning kuzida Filadelfiyada, o`rtahol amerika oilasida dunyoga kelgan. Uillning onasi – maktatab o`qituvchisi bo`lgan, otasi esa kichik refrijerator kompaniyasini boshqargan. Maktab yillarida u tabiatan chaqqonligi va har qanday vaziyatda “suvdan quruq chiqa olish” xususiyati uchun “Shahzoda” (“Prince”) degan nomga ega bo`lgan. O`sha paytdanoq yoqimli tashqi ko`rinishi, insonlarga yaxshi muomilasi, ochiq ko`ngilligi va samimiy tabassumi tufayli u ko`pchilik diqqatini tortgan. Balki shu sababdan uning musiqiy faoliyati tez rivojlanib, unga tengdoshlari o`rtasida mashhurlikni olib keladi. 20 yoshga to`lmagan Uill millionerga aylanadi. Moliyaviy ozodlikni xis etgan “yulduzli bolakay” pulni har tomonga sochishni boshlaydi- qimmatbaho mashinalar, taqinchoqlar, uylar… Bunday xarajatlarga tog` ham chidamaydi va rep-yulduz tez orada qarz olib yashashga majbur bo`ladi. Aynan omad farishtasi qarzga bo...Batafsil o'qish>>