Uill Smit- zamonaviy Gollivvudning eng qimmali aktyorlaridan biri. Qarib 2 metrga teng bo`yga ega va bolalardek sof qarashlari bor yoqimtoy qoratanli aktyor uchun rejissyorlar bugun chinakamiga jangga kirishga ham tayyorlar. Axir oxirgi yillarda Uill qatnashgan barcha kinoasarlar jaxon kinoprokatida rekord natijalarga erishgan . Bejizga, “Forbs” jurnali Uill Smitga “eng kassabop yulduz” degan nomni bermagan. O`z Vatanida Uill Smitt taniqli rep-ijrochi hamdir. Bo`lajak “yulduzli bola” 1968 yilning kuzida Filadelfiyada, o`rtahol amerika oilasida dunyoga kelgan. Uillning onasi – maktatab o`qituvchisi bo`lgan, otasi esa kichik refrijerator kompaniyasini boshqargan. Maktab yillarida u tabiatan chaqqonligi va har qanday vaziyatda “suvdan quruq chiqa olish” xususiyati uchun “Shahzoda” (“Prince”) degan nomga ega bo`lgan. O`sha paytdanoq yoqimli tashqi ko`rinishi, insonlarga yaxshi muomilasi, ochiq ko`ngilligi va samimiy tabassumi tufayli u ko`pchilik diqqatini tortgan. Balki shu sababdan uning musiqiy faoliyati tez rivojlanib, unga tengdoshlari o`rtasida mashhurlikni olib keladi. 20 yoshga to`lmagan Uill millionerga aylanadi. Moliyaviy ozodlikni xis etgan “yulduzli bolakay” pulni har tomonga sochishni boshlaydi- qimmatbaho mashinalar, taqinchoqlar, uylar… Bunday xarajatlarga tog` ham chidamaydi va rep-yulduz tez orada qarz olib yashashga majbur bo`ladi. Aynan omad farishtasi qarzga botgan Shahzodani 1989 yilda rejissyor Benni Medina bilan uchrashtiradi. Shundan keyin uning aktyorlik faoliyati to`xtovsiz rivojlanib ketadi. Eng katta gonorarni aktyor “Men, robot” filmi uchun olgan- naqd $28 mln. Gollivvud uchun bu record ko`rsatkich!Bugun Uill Smitning kinorejalari 2010 yilgacha belgilangan. U mashhur aktyor, taniqli musiqachi, omadli prodyusser. Lekin hammasidan u uchun oilasi muhimroq! Rafiqasi aktrisa Jada Pinkett-Smit va 2 nafar farzandi u uchun eng katta boyligidir. Baxtli oilani boshqarish Uill Smit uchun eng yuksak mukofotdir! Ammo omad farishtasi Uillga har doim ham yordam beravermaydi. “Yovvoyi, yovvoyi Vest”filmi omadsiz bo`lib chiqadi. Kutilgan katta foyda o`rniga ijodkorlar muxlislar tanqidiga uchraydi. Qizig`I shundaki, aynan shu filmdagi rol uchun Smit aka-uka Vachovskilarning mashhur “Matrica” filmida Neo roliga taklifini rad etadi. Na iloj! 2001 yilda “Ali” biografik dramada suratga tushish uchun Smit katta tayyorgarlik ko`radi. Bir necha oy davomida muntazam ravishda trenirovkalarga qatnashadi va o`z tashqi ko`rinishini anchagina o`zgartiradi. Bularning barchasi Uill Smitni Oskar mukofoti naminantiga aylantiradi. Lekin haykalcha unga nasib etmaydi, ammo film uchun u $20 mln. Gonorar oladi. “Qora kiygan odamlar-2” va “ Yomon yigitlar-2” kartinalari uchun ham u aynan shuncha gonorar oladi. Axir Uill Smit nomi kino afishalarida yozilishi- bu 100% to`la kinozallar va millionlab daromad defani.
|