Yakunlangan 2009 yilda 30 dan oshiq hususiy filmlar tomoshabinlar
hukmiga havola qilindi. Lekin achinarlisi ularning atigi bir nechtasi
kassabop bo'lib ommalashdi xolos. Bu filmlar orasida Jahongir
Ahmedovning romantik komediya janrida suratga olingan "Uylanish"
kartinasini ham kiritish mumkin. Jahongir Ahmedov shu kunlarda "Omad"
nomli mistik drama janrida suratga olingan ikkinchi filmining
prem'erasini taqdim qiladi. Ushbu filmda Ubaydulla Omon, Bobur
Yo'ldoshev va Iroda Nosirovalar bosh qahramon obrazlarini yaratishgan.
Bugun sizning e'tiboringizga Ubaydulla Omon bilan bo'lgan ajoyib va
qiziqarli suhbatni havola qilamiz. Shuningdek, ikki kishilik
taklifnomaga ham ega bo'lishingiz mumkin...
Aziz
portalimiz foydalanuvchilari! Suhbat ichida harflar yashiringan.
Agar harflarni birliashtirib chiqsangiz, filmning bir nechta
ijodkorlarining ismi-shariflari kelib chiqadi. Yashiringan so'zlarni javoxir_85@mail.ru
elektron manziliga yuborishingizni so'raymiz. Xatda o'zingiz haqingizda
qisqa ma'lumot va telefon raqamingizni ham yozishni unutmang!
–Ubaydulla aka, hozirgi kunda kino Biznes sohasida kassabop
aktyor va aktrisalar ko'payib ketgan. UlArning qatoriga sizni ham
qo'shishimiz mumkin. Shu sababli ham kinorejissorlardan juda takliflar
ko'p. Aytmoqchimanki, Sizda filmda rol ijro qilish uchun
imkoniyatlaringiz bor. Nega aynan yosh rejissor Jahongir Ahmedovning
"Omad" kartinasini senariysini tanladingiz va rol ijro qilishga rozi
bo'ldingiz? –Men "Poyma-poy" filmining prem'erasiga tashrif
buyurganimda, Jahongir Ahmedov assistentini yuborib, menga yangi
suratga olinishi rejalashtirilgan filmning senariyni yetkazdi. Shu
kunning o'zida bir o'tirishda o'qib chiqdim va menga yangi "Omad"
filmining senariysi katta ta'sir qildi. Mening nazarimda, ushbu film
o'zbek kinosining yangi bir sahifasini ochib beradigan film bo'ladi.
Film ekran yuzini ko'rganidan so'ng, kinoTanqidchilar va tomoshabinlar
o'z fikrlarini bildirishar albatta, ammo men shunday deb o'ylAyabman.
Men senariyni o'qib chiqqanimdan so'ng, Jahongir bilan uchrashdiK va
ancha muddat suhbatlashdik. Unga men rOziman, filmingizda jon deb
o'ynayman,-deganimda, Jahongir "Boy ota" obrazini o'ynab beRasiz dedi.
Men esa yo'q Jahongir, men "Omad"ni o'ynayman,-dedim. Jahongir bo'lsa,
"Omad" obrazi bosh qahramon bilan tengdoSH bo'lishi kerak,-dEdi. Ha
unday bo'lsa, mayli deb "Boy ota"ning Roliga rozi bo'ldim. Ammo bir
necha hafta o'tgandan so'ng, Jahongir menga qo'ng'iroq qilib:
"Ubaydulla aka, bu haqida ko'p o'yladim, keling siZga shu "Omad"
Obrazini beraman",-Dedi. Shundan keYin suratga olish ishlari bOshlandi.
E'tirof etib o'tishim kerakki, filmning Suratga olish ishlari Ramazon
oyIda bo'lib o'tdi. Bosh qahramoN obrazini talqin qilgan Bobur
Yo'ldOshev xabaringiz bor, Milliy teatrda ishlaydi. Uning Vaqtlari
to'g'ri kelmagani uchun ko'pincha kechasi soat 10:00dan tonggi 5 ga
qadar og'iR bir sharoitlarda suratga olindi. Lekin natijA bor. "Omad"
kartinaSi tomoshabinning yuragidan joy oladigan filmlardan biri
bo'ladi. Chunki Jahongir Ahmedov yoShiga nisbatan, ushbu filmda juda
muhim bir mavzuni ko'tarib chiqqan. Ushbu film insOnning ishonchi
haqida… Aslida inson o'ziga ishonsa, uning hayoti boshqacha bo'ladi.
Shu o'rinda bir rivoyat yodiMga tushDi. Bir odam yo'lda ketayotsa,
quduqqa duch keladi. Uning yonida qanoti singan qushnI ko'radi. Shu
payt bir lochin uchib kelib, jarohatLangan qushga suv va yemish beradi. Ey,-deydi
shu quduq yonidan o'tib ketayotgan odam. Shunday bir qanoti singan
qushga Alloh riSq berayotgan bo'lsa, demak menga Ham risq beradi,-deb
shu yerda qoladi. Quduq yonidan o'tayotgan Odamlarga suv berib, kunini
o'tkazaDi. Bir kuni quduqNing yonidan donishmand o'tadi. U insonga bu
yerda sen nima qilaayabsan,-deb donishmand savol beradi. Men qanoti
singan qUshga taqlid qilib, shu yeRda yashayabman,-deydI. Alloh
qanotsiz qushga risqni berDi, demak menga ham beradi. Inson, shu
qilayotgan ishim to'g'rimi,-deb so'rayDi. Bilmayman,-deb javob beribdi
donIshmand. Donishmand: Nima uchun sen o'sha qanotsiz qushdaN ibrat olayabsan? Nimaga lochindan ibrat Olmading?,-deb ketadi. Bu
film mana shu haqida. Insonning taqdiri haqida. Filmning senariysi juda
ishonarli tarzda yozilgan va ishonarli qilib film ham suratga olindi.
Jahongir AhmedoV bilan tanishganimdan juda hursandman. Bundan keyin ham
suratga oladigan filmlarida men uchun obraz topa Olsa, albatta Jahongir
bilan birgalikda ishlayman. –Filmning suratga olish
jarayonida o'zingiz qatnashdingiz. Senariyni o'qiganingizda,
tasavvuringizda filmning bor syujeti gavdalangan bo'lishi tabiiy.
Filmning suratga olish guruhi yosh ijodkorlardan tashkil topgan edi.
Ish jarayonida sizning tasavvuringizdagi va sizning ko'nglingizga
yoqqan senariydagi jarayonlar sodir bo'ldimi? –Suratga
olish guruhining yutug'i shundan iborat ediki, suratga olish
maydonchasiga rejissor tayyor bo'lib kelardi. Aytmoqchimanki, ham
oPerator ham aktyorlar uchun konkrEt savollarga javob bor edi. Jahongir
biRor epizodni olishdan avvAldan uyida hayolan ko'rgan bo'lardi.
Shuning uchun ham suratga olish ishlari mobaynida baxs va noroziliklar
bo'lmadi va syomka jarayoni silliq kechdi. Boshida senariyni o'qiganda,
boshqacha bir Tasavvurda bo'lasiz. Keyin kinOni ko'rganingizda
afsuslanasiz. Chunki ko'pincha senaRiyda bor narsani 50 narI borsa, 60
% i ekranga chiQadi. "Omad" kartinasida Bunday bo'lmadi. Bu safar
senariyni qanday o'qigan bo'lsam, filmni qanday tasavvur qilsam, huddi
shunday chiqdi. –Filmdagi partnyoringiz haqida… –"Omad"
filmidagi partyorim, mening do'stim rejissOr Bahodir Yo'ldoshevning
o'g'li Bobur Yo'Ldoshev. Men Bobur bilan birgalikda mana uchinchi
filMda birgalikda rol o'ynayabman. Bobur tabiatan juda talabchan inson.
Ba'zi dubllarini 14-15 marotaba oldik. Chunki Bobur o'ziga o'zi
yoqmadi. Yaqinda mEn filmning xomaki nusxasini tomosha qiLganimda,
Bobur juda to'g'rI qilgan ekan,-degan fikrga keldim. Men Bobur
Yo'ldoshevning ijodiga juda katta baho beraman. –O'zingiz
tajribangizdan kelib chiqib, filmning suratga olish ishlari
boshlanmasidan sizning fikringizga tayangan holda rejissor
Qahramonlarni talqin qilayotgan aktyorlarning O'rnini o'zgartirdi. Bu
o'Zgartirish filmning yutug'iga xIzmat qildimi yoki nimalarnidir
yo'qotdimi? –Bilasizmi, bu savolga javob berish men uchun
biroz noqulaY. Bu savolga xolis tomoshabin va kinotanqidchilar javob
bErishi kerak. Ammo kinoni ko'rganimda, menga o'zim o'ynagan rolim
yoqdi. –Kinojarayonda hozirgi kunda kassabop degan tushuncha
paydo bo'lgan. Rejissorlarimiz ham ketma-ket kassabop filmlar
yaratishga harakat qilishmoqda. Kassabop mavzu ham bor, ya'ni
qaynona-kelin munosabatlari… Siz nima deb o'ylaysiz, "Omad" kartinasi
kassabop filmlar qatorida bo'ladimi? O'zbek tomoshabini sizning
nazaringizda, kartinani qanday qabul qiladi? "Omad" kartinasining
maVzusi bugungi kunda kerakmi? –Menimcha, kassabop
bo'ladimi, festivalniy bo'ladimi, falsafiy bo'ladimi, komediya,
melodrama bo'lishidan qat'iy nazar faqat zerikarli bo'lmasligi kerak.
Qaysi janrdagi film bo'lsa, bo'laversin. Zerikarli bo'lsa, bu film
tomoshabinga yoqmaydi. Eng asosiysi filmda ko'tarilgan mavzu
tomoshabinga yaqin bo'lishi kerak. Tomoshabinni filmning boshidan
ohirigacha ushlab turishi kerak. Ba'zi filmlarning boshini ko'rgan
tomoshabin qolgan qismini bir-biriga aytib beradi. Mana shunday filmlar
agar ko'payib ketsa, biz tomoshabinning didini pasaytirib qo'yamiz.
Aslida o'zbek tomoshabinining didini jahon kinolarigacha ko'tarishimiz
kerak. Lekin hozirgi kundagi sharoit bizga yo'l bermaydi. Bizda
chiqadigan kinolarimiz albatta jahon kinosi durdonalaridek bo'lishi
lozim. Lekin baribir oliy maqsad o'zbek kinosi shu jahon kinosiga juda
yaqin bo'lishi kerak. Menimcha, Jahongir Ahmedovning "Omad" kartinasi
shu savollarga javob beradi. –Hozirgi kinojarayonga sizning munosabatingiz? Shuningdek, ketma-ket yosh ijodkorlarning kinoga kirib kelishi… –Bugungi
kinoimizning kamchiliklaridan biri mutaxassislarning yo'qligidir.
Filmning suratga olish guruhida o'z sohasining yetuk mutaxassislari kam
bo'ladi. Ko'pchiliklar ko'chadan, chetdan kelgan bir guruhni tuzib
olib, kino chiqarishmoqda. Bu albatta kinoning sifati va saviyasiga
katta ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi. Film yaratish juda mas'uliyatli
ish. Kino ham "Amru-maruf"ga o'xshagan bir narsa. Bu "Amru-maruf"ni
million odamlar eshitadi, ko'radi va albatta o'zi uchun ma'naviy ozuqa
oladi. Rejissor o'zi suratga olgan film bilan tomoshabinni yoki rahmon
yo'liga yoki shayton yo'liga chaqirishi mumkin. Birinchidan, o'sha men
rejissorman, kino olayabman degan insonni film suratga olish uchun
haqqi bo'lishi kerak. Ikkinchidan esa uning ilmi bo'lishi kerak.
Hozirda orzu-havas bor. Lekin imkoniyat yo'q. Shunga qaramasdan
rejissorlar kino olyabti. Men o'ylaymanki, kinoni 70 %i rejissor bilan
bog'liq. Agarda film omadsiz chiqsa, rejissor "Mana bu yerida bunday
bo'ldi", "Bu aktyorni olmoqchi edim, lekin uning vaqti
bo'lmadi",-deyishga haqqi yo'q. Tomoshabinning bu bilan ishi ham yo'q.
Tomoshabin pul berib kiradi, menga lazzat, orom yoki bo'lmasa
savollarimga javob ber,-deydi. Va o'z o'rnida rejissor filmi orqali shu
ishni bajarishi kerak. Kino tomoshabinga ko'rsatilgandan keyin rejissor
o'zini oqlashi bilan hech narsa o'zgarmaydi. Bir buyuk fransuz
rejissori o'rtog'iga, "Kinoning 50%i taxt bo'ldi",-debdi. O'rtog'i
"Qanday qilib, sen hali syomka jarayonlarini boshlamadingku",-desa,
rejissor "Men kinoning nomini topdim",-degan ekan. Mening nazarimda,
kino oladigan rejissorning faylasufoni nim kosasi bo'lishi kerak. Biror
mavzuni olib, kino qilgandan keyin uning tagida ma'no-mazmun yotishi
kerak. Agar mana shunday yo'l bilan ketsak, o'zbek kinosi yaxshi-yaxshi
mahsulotlar berishi mumkin. –Yuqorida ta'kidlab o'tdingiz,
suratga olish ishlari asosan kechasi o'tkazilgan ekan. Chunki
aktyorning vaqtiga qaralishi kerak. Ramazon oyi, tungi suratga olish
ishlari, Bobur Yo'ldoshev teatrda ham band. Sizga qiyin bo'lmadimi va
shu jarayon qanday o'tdi? Siz uchun filmdagi eng ta'sirli va qaysidir
epizodni mas'uliyatli deb hisoblaganingiz? –Menimcha
filmning kulminatsion nuqtasi bu bekatda bo'lib o'tadigan lavha.
Qachonki bosh qahramon, "Omad" bilan uchrashadi. Shu yerda "Omad"
ohirgi marta ogohlantiradi va ketadi. Tahminan shu epizodik sahnani 5
soat suratga oldik. Chunki bosh qahramon Bobur Yo'ldoshevning holati
o'ziga yoqmasdi. Shunday holatlar ham bo'ldiki, biz Boburni o'sha
holatga kelishini yarim soatlar ham kutdik. Bobur suratga olingan
epizodga rozi bo'lmadi. Shu joyni kechasi tahminan yarim tunda boshlab,
tonggi 5 ga qadar suratga tushirdik. Hattoki nahorlik qilib, og'iz
yopishga ham vaqt bo'lmagani uchun ro'za tutadiganlar quruq suv bilan
yopishdi. Bilasizmi shunday bir senariylar borki, o'qib chiqqandan
keyin men aktyor sifatida kino tezroq katta ekranga chiqib,
tomoshabinlar tomosha qilishi uchun harakat qilaman. Yana shunday
senariylar borki, senariy unchalik ham ma'qul bo'lmasdan aktyor
ishlaydi. "Omad" kartinasining senariysini tezroq film bo'lib
chiqishini xohlayabman. Suratga olish jarayonlari qiyin bo'lgan bo'lsa
ham men qiyinchilik sezmadim. Har kunlik mahsulot va har kunlik qilgan
ishimdan men rozi edim. Shunday bo'ldiki, Jahongir ish jarayonida yana
mukammal yangi-yangi epizodlarni topib kelaverdi va bu bilan biz filmni
boyitib ketdik. Filmning ohirigacha ijod to'xtamadi,-desam adashmagan
bo'laman. Hattoki, filmning nihoyasi sifatida ko'rsatilgan epizodik
lavha ham filmning suratga olish ishlarining ohirgi kuni hayolga
kelgan. Film so'nggida men qizil mashinaga o'tirib ketishim kerak edi.
Biz bunga tayyor edik. Bir kuni Jahongir, "Ubaydulla aka, bu sahna
menga yoqmayabti, boshqacha qilamiz",-deb qoldi. Jahongir: "Omad yo'lga
qarab ketadi, omadni boshqa odamlar kutmoqda. Bobur bilan o'z ishini
tugatdi, endi boshqalarga kerak",-degan fikr keldiyu, keyin shu sahna
suratga olindi. Mana shu so'nggi epizod bo'ldi.
Durbek SHOFAYZIEV suhbatlashdi.
|