Ba’zida umr yo’ldosh
tanlash go’yo juda qiyin ishday tuyuladi. Quyidagi munajjimlar bashorati esa
sizga to’g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
Qo’y – erkak. Mahbubasida jo’shqinlik va
qat’iyatni ko’rishni istaydi. Shu bilan birga u yana ochiqko’ngil va samimiy,
shuningdek, hazilni tushunadigan bo’lishi kerak. U ayniqsa, tanlagan
yorining tashqi ko’rinishiga katta
ahamiyat qaratadi: qora sochli, chuqur qarashli, o’rta bo’yli qiz uning orzusi.
Qo’y – ayollar. Uning yonida unga doim g’amxo’rlik qila
oladigan haqiqiy ritsar bo’lishini istaydi. Tashqi ko’rinishi quyidagicha,
sochlarining rangi ahamiyatsiz, ammo baland bo’yli va kelishgan bo’lishi shart.
Buzoq- erkaklar. U sevgilisi rolida yoqimli
ruhiy muhit yarata oladigan va alohida pazandalik
qobiliyatiga ega bo’lgan qizni ko’radi. Yana u
hotirjam fe’l – atvorli, suyansa bo’ladigan va qaysidir ma’noda an’analarni
qadrlaydigan bo’lishini hohlaydi.
Buzoq – ayollar. Butun umri davomida
xatto, 50 yoshga kirganida ham o’zini "yoshgina yigitcha”dek tutadigan kishini izlaydi. U o’tkazayotgan
har bir kunini bayramga aylantirishlarini istaydi. Bir so’z bilan aytganda, u
o’z mahbubasini eng baxtli ayolga aylantirishni maqsad qilgan kishi bo’lishi
kerak .
Egizak – erkaklar. Uning idealidagi ayol- sahiy, mehribon,
adolatli va bilimdon, hamma narsada go’zallikni ko’ra oladigan bo’lishi,
shuningdek, u musiqa, rasm va raqsga qiziqadigan, yaxshi tarbiya ko’rgan,
aqlli, kelishgan va nozik qorasoch qiz bo’lishi kerak.
Egizak- ayollar. Ular o’zlarining yonida mustahkam
irodali, hissiyotlarini jilovlay oladigan kuchli kishini ko’rishni istaydi.
Uning timsolida egizak- ayollar qat’iyatli suyanchiqni izlashadi.
|