Tushlar rux yordami va boshqaruvida ojiz bandalarni ogoh qilish, unga biron narsadan bashorat berish va ehtimolki probardida ma’rifat uchun xizmat qiladi barcha asrlar va mamlakatlar tarixidan ma’lumki, ko’pgina kishilar tushlardan biron narsa bilib olganlar va xayotlari davomida buning foydasini e’tirof etganlar. Tush ta’biri e’tiqotga bog’liq. Shu fikrda sobit turgan holda aytish mumkinki, , XAR BIR IRQNING, MILLATNING XUDOSI BIR; faqat ibodatimiz, e’tiqotimiz, turlicha, ammo biru-bor xudoga qilingan barcha ibodatlar saodatga eltuvchi boshqa yo’llardir. Bashoratli tushlar g’ayb olamidan keladi, binobarin, ularni o’liklar xabar qilmaydilar, Alloh namoyon etadi. Xar bir xodisa alloh hukmi bilan sodir bo’ladi. Tushlar uchga bo’linadi: rahmoniy, shaytoniy va insoniy, [color=purple]rahmoniytushda xaq taolo o’zi istagan bandasiga bir xushxabar etkazadi yoki bo’lajak bir voqea xususida ogohlantiradi. Shaytoniytushda esa, shayton alayxi lana kishini qo’rqitish yoki yo’ldan ozdirish uchun ko’rsatadigan botil tushdir. Boshqaxha qilib aytganda, bu tush vasvasadir. Shayton Alloh yaratgan barcha mavjudodning kira olar ekan, yolg’iz payg’ambarimiz qiyofasiga kira olmas ekan. Shu tufayli u turli qiyofalarda inson tushiga kirib vasvasa qiladi va uni tushida ham yo’lidan ozdirishga harakat qiladi. Insoniy tushda kishining o’ngidagi kechinmalari, o’ylarining inikosidir yoki ruhiy va jismoniy xolati ta’sirida sodir bo’ladi. Shaytoniy va insoniy tushlar ta’birga muhtoj emas, chunki bular xabar bildirmaydi. Ta’bir talab tushlar ilohiy tushlardir !!!chunki bunday tushlarda kishiga biror xodisadan xabar beriladi. Binobarin, faridd-din Attor aytmoqchi, Rux so’zga o’raladi, chunki iki olam asosi so’zdir.
|