Главная » 2015»Декабрь»7 » Turkiya: Rossiya bilan munosabatlarni uzish oqibati 9 milliard dollarga tushishi mumkin
00:28
Turkiya: Rossiya bilan munosabatlarni uzish oqibati 9 milliard dollarga tushishi mumkin
Rossiya bilan munosabatlar shu tarzda davom etsa, eng noxush ssenariy bo‘yicha Turkiya to‘qqiz milliard AQSh dollarini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari Mehmet Shimshek bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini Suriyaning chegarasida urib tushirgandan keyin keskinlashdi. Bunga javoban, Rossiya Turkiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi.
Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Rossiya bilan bo‘lgan munosabatlardagi keskinlik ma’qul emas, chunki Anqara hali ham uni “muhim hamkor” deb biladi. U shuningdek, Rossiyadan keladigan sayyohlar oqimining 603 ming kishiga kamayib ketganligini va qurilish-pudrat sohasining sustlashganligini e’tirof etdi.
Bundan tashqari, Shimshekning ta’kidlashicha, Turkiya idoralari tomonidan Rossiya joriy etgan sanksiyalardan kelib chiqib, iqtisodiy sohada ko‘riladigan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.