Bundan o'n ikki yil muqaddam yurtboshimiz tashabbusi bilan 1997 yilda yangitdan barpo etilgan Toshkent hayvonot bog'i bugungi kunda poytahtimiz aholisi va mehmonlarning madaniy ma'rifiy maskanlaridan biri hisoblanadi. unda dunyoning mamlakatlariga oid 4 mingdan ortiq noyob hayvonlar, qushlar, baliqlar va boshqa nodir jonivorlar saqlanadi. Toshkent hayvonot bog'ining 2000 yildan boshlab "EARAZA" halqaro "Yevropa-Osiyo hayvonot bog'lari akvariumlarining hududiy asotsiasiyasi" tashkilotiga a'zo bo'lishi ko'plab horijiy davlatlar hayvonot bo'glari bilan bepul manfaatli ayirboshlash hamda qimmatli ma'lumotlar olib turish imkonini bermoqda. Hukumatimiz tomonidan toshkent hayvonot bog'i shakillanishiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2000 yil 10 yanvarda "Toshkent hayvonot bog'i kolliksiyasini to'ldirish va boyitish chora tadbirlari to'g'risida" 7- sonli, 2008 yil 28 yanvarda "Toshkent hayvonot bog'i kolleksiyasini yanada boyitish chora tadbitlari to'g'risida" 15- sonli qarori qabul qilindi. O'tgan davr mobaynida ushbu qarorlarga asosan ortiqcha hayvonlarni o'zaro manfaatli ayirboshlash maqsadida Malayziyaning Malaka Lankavi, Rossiyaninf Moskva, Krasnoyarsk, Penza, Qozon, Chehiyaning Plezen, Praga, Xomutov, Getmaniyaning Frankfurt va Mayne, Ozarbayjoning Boku, Moldaviyaning Kishinev, Estoniyaning Tallin va boshqa mamlakatlarining qator hayvonot bog'lari bilan yaqindan do'stona o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatildi.Ushbu ishlarning mahsuli sifatida dunyoning bir qancha hayvonot bog'lari bilan o'zaro jonivorlarni ayirboshlash to'g'risida shartnomalar imzolangan bo'lib, joriy yilda Malayziya, Chehiya, Rossiya kabi davlatlardan bir qator hayvonlar keltirish rejalashtirilgan. Toshkent hayvonot bog'i tomonidan yosh avlodni tabiat va jonivorlarga mehr muhabbatini uyg'otish va qo'llab quvvatlash maqsadida bog' qoshida "Yosh naturalistlar" to'gatagi faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu to'garakda qatnashish bepul bo'lib , hozirda bir necha guruh bolalar hayvonot dunyosi bilan har tomonlaman tanishish imkoniyariga ega bo'lmoqdalar
|