To’yga taklifnomalar qanday tanlanadi. To’yga tayyorgarlik taklifnomalardan boshlanadi. Talifnoma birinchi bo’lib mehmonlaringizga to’yingiz haqida ma’lumot beradi. Birinchi taassurot katta ahamiyatga ega bo’lib, aynan siz tanlagan taklifnoma bo’lajak to’yingiz haqidagi taassurotlarni uyg’otadi. Albatta to’yda har bir narsa e’tiborga loyiq, lekin to’yda mehmonlar uchun hammasi bir zumda o’tib ketishi mumkin. Mehmonlar hatto dasturxonga qo’yilgan har bir taomdan tatib ko’rmasliklari aniq. Ayniqsa takrorlanmas qilib tayorlangan taklifnoma yaqinlaringizni taassurotida ancha vaqtgacha qolishi aniq. Fotosuratingiz bilan tayyorlangan takifnoma yanada o’zgacha ko’rinish oladi. To’yga kelgan mehmonlar kelin ko’ylagini, to’yxona bezagini, dasturxonda tortilgan nozu nematlarni hamma ham baholashi yoki baholashga vaqti bo’lmasligi mumkin, lekin taklifnomani to’ydan oldin bo’lajak to’yingiz haqida taassutot uyg’otsa, to’ydan keyin bir necha bor ko’rib unga baho berib to’yingizni yoqimli, qiziq damlarini eslashadi. Taklifnoma buyurtma berish bu to’yning eng yoqimli tashvishlaridan biri. Taklifnomaga qo’shib to’yingiz bo’ladigan restoranni joylashuv joyi chizmasini ham tayyorlatishingiz, mehmonlarni aniq joyini y’ani qaysi stol ular uchun ajratilganini taklifnomada ko’rsatishingiz mumkin. Yaxshi tayyorlangan taklifnoma kichkinagina san’at asari bo’lib, to’yingizga taklif qilinmaganlarni bo’lmasligini xohlasangiz aynan o’z ishini ustalari tomonidan tayyorlangan taklifnoma o’ziga xos chipta fazifasini ham o’tashi mumkin. Taklifnoma bu to’yingizni doyim eslatib turuvchi kichkina bir eslatmaga aylanadi, buni unutmang. Baxtli bo’linglar! "BAXT" taklifnomalari
|