1. Samoa davlatida, kelinnig to`y libosi tut daraxtining po`stidan tayyorlanadi.
2. Nigeriyada o`ziga xos go`zallik ideallari. Agarda kelin to`ydan oldin (yoki to`ydan keyin qisqa vaqt ichida) semirmasa, kiyov o`z turmush o`rtog`ini qizlik uyiga semirish uchun qaytib yuvorishiga to`liq xaqqi bor.
3.Keniyada esa ajoyib urf odat bor, ayollarga qay darajada oson emasligini, ayniqsa Keniyada ayollarga qiyinligiga xis qilishi uchun, kiyov to`ydan keyin bir oy davomida ayollar kiyimini kiyib yurishi shart.
4. Namibiyada, kelinlar to`y ro`moli o`rniga echkini terisidan tayyorlangan «Ekori» deb nomlanadigan bosh kiyim kiyishar ekan, u saqich, yog` va qizil oxra bilan surtilgan bo`larkan.
5. Efiopaning Surma qabilasida, o`zgacha urf odat bor, bu odatga asosan to`ydan oldin qizlar o`zlarining pastki tishlarini oldirib, lablarini teshib, ichiga loydan yasalgan diskni qo`yishar ekan. Vaqt o`tgan sayin, bu disk, kattaroq diskga almashtiriladi. To`yni nima aloqasi bor demoqchimisiz? Aloqasi shundagi, disk qancha katta bo`lsa – shuncha kelinnig sarpasi ko`p bo`larkan. Aynan diskning kattaligi kelin oilasining badavlatligidan dalolat beradi.
6. Yava orolida ko`pchilik davlatlarga o`xshab, zagsdan o`tishdan oldin davlat byudjetiga boj to`lanadi. Lekin pullar bilan emas — kalamushlar dumi bilan to`lanadi! Nikox boji uchun yosh oila maxalliy ma`muriyatga 25 dumni topshirmog`i shart.
7. Albaniyada birinchi nikox kechasi o`zgacha ko`rinishda. Ularning an`anasiga binoan, kelin uch kun va uch kecha davomida o`z eriga qarshilik ko`rsatmoqligi shart. Bu an`ana yomon ruxlarni chalg`itish uchun qilinar ekan.
8. Nenetslar esa to`y taomi bilan o`ylanib o`tirishmas ekan, ular mexmonlarni xom bug`u go`shti bilan kutib olisharkan.
9. Yangi Gvineya yaqinidagi Trombrian orolida hammasi xolos. Uylanmoqchimisan? Boshqa qabilalar guvoxligida bitta idishdan taomlangin. Edingmi? Bo`ldi, endi xotin bo`lding!
10. Va nihoyat, agarda siz Bali orolida to`y marosimiga borib qolsangiz, qattiq ajablanasiz! To`y dasturxonlarida faqatgina ayollarni ko`rasiz. Erkaklarchi? Ular dam olish bilan band. Axir ularning ayollari xursandchilik bilan tanavvul qiladigan noz-ne`matlarni erkaklar tayyorlashgan.
|