|
To'qqiz oylik bola tanasidagi yozuvlar
Bu g'aroyib voqea Rossiya musulmonlarining hammasini hayratga soldi — Dog'istoining kichkinagina Krasno-oktyabrskiy qishlog'idagi go'dak Alining butun tanasida Qur'on oyatlari paydo bo'lmoqda. Qur'on oyatlari hafta sayin ko'payib borayotgan mo'jizaviy to'qqiz oylik bolani ko'rish uchun Rossiyaning hamma yeridan kelishyapti. Bu mo'jiza nafaqat mutaxassislarga, balki Alining ota-onasi — militsioner va uy bekasiga xam g'aroyib tuyilmokda. Madina Yoqubova ilk bor go'dagining iyagida arabcha "Alloh" degan yozuvni ko'rganida, eri shunday dedi: "G'ech kimga gapirib yurma! Odamlar nima deb o'ylaydiq" Ko'p o'tmay yozuv izsiz yo'qoldi, lekin keyin bolaning qo'li, oyog'i va belida paydo bo'ldi! Bundan qattiq ta'sirlangan ota mahalliy mullani chaqirib, yozuvlarning ma'nosini tushuntirib berishni iltimos qildi. Mulla arab yozuvlarini o'qidi. Shunda bolaning ota-onasi bu mo'jizani ortiq pinhon tutib bo'lmasligini angladi. — Eng buyuk mo'jiza sodir bo'ldi! — deydi Respublika xayriya fondi raisi Ahmadposha Amirilayev ishonch bilan, sirli yozuvlarni shaxsan ko'rish uchun Yoqubovlarnikiga borib kelgach. — Xudoning o'zi iymonimizni mustahkamlash va qirg'inbarotlarni bas qilishimiz uchun bizga bu bolani yubordi. Muqaddas kitobda keltirilgan oyatlar go'dakning tanasida tug'ilganidanoq paydo bo'la boshladi. — Madinada tug'ruq juda og'ir kechgandi, — deb eslaydi bolaning otasi Shomil. — Ali 3 yanvarda og'ir tug'ruq tufayli badanida momataloq bilan tug'ilgan. Bir necha kundan keyin ko'kariqlar ketdi, Madina gematomalarning o'rni arab yozuviga o'xshab qolganini ko'rdi. Xotinim ikkalamiz arabchani tushunmaymiz. Palatadoshi esa: "Madina, Alining iyagiga Allohning ismi yozilgan", debdi. Rostini aytsam, tug'rukhonadan Alining ilk suratlarini jo'natishganda, ichimda nimadir sodir bo'lgandi. Yozuv o'chib ketdi, ota-onasi ham buni unutishga harakat qilishdi. — Ammo ko'p o'tmay, u yana paydo bo'ldi! — deya xitob qiladi ota. — Avvaliga iyagida, keyin ikkala qo'lida ham "Alloh" degan yozuv paydo bo'ldi. So'ng peshonasida, yana iyagida, belida aniq harflar bilan ko'rindi. Biz uni o'chirishga, yuvib tashlashga urinib ko'rdik, ishqalab artdik, lekin o'chmadi! Bu uning ichidan kelyapti, avvaliga harorati ko'tariladi (sira tushirib bo'lmaydi), keyin terisida yozuv paydo bo'ladi. Yozuvlar uzayib ketgan, ikki-uch kunlar turgan paytlar ham bo'ldi. Avvaliga xotinim ikkimiz bu haqda gapirmaslikka qaror qildik, shov-shuv ko'tarilishini xohlamadik. Odamlar qanaqaligini bilasiz-ku, gap topilsa bas...
Ammo hammasi bir kunda o'zgarib ketdi. — Juma kuni kechqurun namoz-dan keyin mulla bilan gaplashib o'tirgandik. Yozuvlar haqida faqat u bilardi. Men unga: "Nima qilamiz, akaq" deb maslahat soldim. U biroz o'yladi-da, "G'ozircha hech kimga ko'rsatmay qo'ya qolaylik", dedi. Ertasi kuni yangi yozuv paydo bo'ldi. Imomni chaqirib ko'rsatdim. Qarasam, bechora shamdek qotib qolgan. "Nima ekanq" deb so'radim. Imom titroq ovozda tarjima qildi: "Bu — Qur'on oyati — "Kimki buni yashirsa, u chindan gunohkor". Keyin: "Yaratgan buni odamlarga ko'rsatishimiz uchun ishora berdi", dedi. G'ozir Yoqubovlarning uyi ziyoratgohga aylanib qolgan. Mo'jizaviy bolani ko'rishga Dog'iston, Checheniston, Moskva va boshqa shaharlardan kelishadi. — Tibbiyot nuqtai nazaridan bu holatni izohlay olmayman, —deb yelka qisadi mahalliy hamshira. — Bunday holatga sira duch kelmaganman! — Bu Xudoning ishorasi, — deydi imom Abdulla ishonch bilan. — Go'dakning tanasida Allohning oyatlari paydo bo'layotgani — hammamiz uchun bir ishora, faqat musulmonlar uchun emas, balki boshqa dindagilar uchun ham. Axir Xudo bitta-ku. Shu materialni tayyorlayotganimizda, kichkintoy Alining badanida yana bir oyat paydo bo'ldi. Qur'onning 23-oyatini aniq o'qidim. Avvaliga yozuv arang ko'rinardi, o'n daqiqa ichida qip-qizil tusga kirdi: "Men yuborayotgan narsaga shubha qilmang..."
|