So`rab qoldi onam bir kuni
O`g`lim qachon uylanasan deb
Ostonamiz hatlasa kelin
Fayzga to`lar xonadoning deb Yurak esa o`ylanib qoldi
Ko`ngil esa o`rtanib qoldi
Shirin o`ylar shirin muhabbat
Ko`chamizda mung`ayib qoldi
Onam bilmas, sezdirmay men ham
Bir go`zalga yetolmaganim
Qordan oppoq nozik qo`liga
Tillo uzuk taqolmaganim.
Qarindoshlar xola amaki
Hammalari to`yni boshlashdi
Tog`am zalda chekib tamaki
Sovchilikning nonin tishlashdi
Men lapashang ayta olmadim
Yuragimda bir qiz borligin
So`ramadi onam ham biroq
Tor ko`nglimda armon borligin
Menga esa alam qilardi
Bir go`zalga yetolmaganim
Qordan oppoq nozik qo`liga
Tillo uzuk taqolmaganim
Keng hovlida to`y ham boshlandi
Hofiz aytar mungli yor-yorni
Ulgurmadim hatto aytishga
Sevgilimga s`onggi xayrni
Konglimdagi bor g`amni tugib
Topshirdim so`ng armon qo`liga
Chimildiqning eshigin qoqib
Begonadek kirdim yo`liga
Chimildiqda jilmayib turar
"Bir go`zalga yetolmaganim”
Qordan oppoq nozik qo`liga
"Tillo uzuk taqolmaganim”