Yaqinlaringiz uchun könglingizda yashirin dil rozlarini paytida aytish kerak.Tilingiz orqali qilgan ehsoningiz qölingiz bilan berilganidan a'lodir.Sizga qalbini ochgan kimsalar ustidan kulmang.Tög'ri yöl körsatish qölingizdan kelmasa,shirin söz bilan könglini kötaring.Marhumlar haqiga duo öqishga,ular haqida faqat yaxshi narsalarni gapirishga örganing.
TILNI SAQLASH KERAK BÖLGAN NARSALAR 1.Yolg'on gapirish. 2.G'iybat va böhton sözlash. 3.Gap tashish. 4.Maqtanish. 5.Özidan past odamlarni sökish,la'natlash va qarg'ash 6.Mazax-masxara qilish. 7.Hazil qilish. Yolg'on sözlash oddiy holga aylanib qolgan.Ba'zan yaxshilik uchun-ku,deb özimizni aldab ham qöyamiz.Bolalarni-ku kuniga nechi marta aldashimizni özimiz ham bilmaymiz.Aldashga ruxsat bor,yolg'onga esa yöq.Aslida ikkalasi ham bir narsa.Birovlarning töyi bölsin,aynib qolishmasin deymizda yolg'on gapiramiz va yaxshilikka yöyamiz.Bizning "yaxshiligimiz" birovga qimmat tushishini öylab ham ötirmaymiz.Ulug'lar bejizga "Yolg'on - Xudoning dushmani" deb aytishmagan.G'iybat,gap tashish avvallari ayollar orasida köp uchrardi,afsus,endi erkaklar orasida ham bu "hunar"ni özlashtirganlar soni tobora ortmoqda.
TILNING AYTISHI ZARUR
BO'LGAN SO'ZLAR 1.Hojat zarurati yuzasidan köngillarda yashirin bölgan rozni izhor etish. 2.Mazlumlar faryodiga javob berish. 3.Marhumlar imdodi uchun söz aytish. Yana til odobida odamlarni sökish,la'natlash man etilgan.Bu narsalar dilning ofati sanaladi.Birovni sökkan odam özini sökkan bilan barobar.Qarg'ishning bir uchi özingizda qolishini unutmang.La'natlanganlar qatorida bölishni hech kim xohlamaydi,albatta.Ustozlar tilni hazildan ham saqlash kerakligini uqtiradilar. Keyingisida Qöl odobi rukni ostida qöl va qorin odoblari haqida ma'lumot olasiz.
|