Yaqinda «O`zbekiston» telekanali orqali «Bir jinoyat izidan» nomli ko`rsatuvning navbatdagi soni efirga uzatildi. Ko`rsatuvda Qashqadaryo viloyatida sodir bo`lgan jinoyat ishi tafsilotlari haqida so`z boradi. Unda yoritilishicha, bir kollejda tahsil olgan yigit va qiz bir-birlariga ko`ngil qo`yishadi. Bora-bora ularning niyatlari jiddiylashib, oila qurishga ahd qiladilar. Ota-onalarning roziligi bilan non sindirilib, fotiha qilinadi. Bundan yoshlarning quvonchi cheksiz edi. Lekin hadeganda to`y bo`lavermaydi. Ҳali u bahona, hali bu bahona bilan oradan ikki yil o`tib ketadi. O`tgan vaqt mobaynida esa yigit-qiz bir-biri bilan uchrashib, hattoki bo`lg`usi kuyov kelinnikiga, kelin esa kuyovnikiga hech bir tortinishsiz borishga odatlanishadi. Kattalar ham unashtirilgan juftlarning bu odatiga befarq qaraydilar. To`yni tezlashtirishning o`rniga ularni o`z holiga tashlab qo`yishadi. Oqibatda esa... Ko`rgan kishining havasi keladigan go`zal bir qizning hayotiga o`zi ko`ngil qo`ygan yigit tomonidan nuqta qo`yildi.
Ma`lum bo`lishicha, yigit va qiz uchrashuvlar vaqtida o`z his-tuyg`ularini jilovlay olishmagan. Qiz homilador bo`lib qolgan. Bundan xabar topgan ota-onalar, to`yni tezlashtirish harakatiga tushib qoladilar. To`y kuni belgilanadi. To`yga o`n kuncha vaqt qolganda yigit va qiz birga bozorga borishni rejalashtiradilar. O`sha kuni bozorga boraman deb chiqib ketgan qiz hadeganda qaytavermaydi. Onaning yuragi g`ash, o`zini qo`ygani joy topolmay turgan vaqtda bo`lg`usi kuyov kelib qoladi. «Qizingiz bilan bozorda janjallashib qolgandik, ketib qoluvdi. Mabodo uyga kelmadimi?» deydi. Qizni qidirish boshlanadi. Ichki ishlar idoralariga xabar beriladi. Lekin uning na o`ligi va na tirigini topib bo`lmaydi. Umid va ilinj bilan oradan ikki yil o`tadi. Keyin esa boshqatdan qidiruv, tergov-surishtiruv ishlari olib boriladi. Ana shunda kuyov bo`lmishning o`zini tutishi, gaplarining bir-biriga qovushmasligi tergovchida shubha uyg`otadi. Jigitning uyi ko`zdan kechirilganda esa, uydan odam suyaklari topiladi. Jigit ham o`z aybiga iqror bo`ladi. Ma`lum bo`lishicha, o`sha kuni yigit qizni bozorga emas, o`z uyiga borishga ko`ndiradi. Uyda hech kim yo`q. Ikkalasi gaplashib o`tirib, janjallashib qolishadi-da, yigit qizga qo`l ko`taradi. Keyin uni bo`g`ib o`ldiradi. Ҳovlidan chuqur kavlab, jasadni ko`mib tashlaydi. O`zi esa hech narsa bo`lmagandek qiznikiga borib, uni qidirayotganligini aytadi. Qachonki oradan ikki yil o`tib, aybdorligi sezila boshlagach esa, hovlidagi qiz ko`milgan joyni ochib, u erdagi suyaklarni chiqarib oladi va ularni bolta bilan bo`laklarga bo`lib, olovda kuydirib tashlaydi. Lekin baribir suyaklardan qoldiqlar topiladi... Jigitning vahshiyligidan yoqa ushlaysiz. Xo`sh, u qizni nima uchun o`ldirdi? Chimildiqning muqaddas ostonasigacha sabr qilmagan yigit-qizning o`rtasida o`zaro hurmat qolmagan. Qiz yigitning joniga tekkan, zeriktirgan va yigit undan xalos bo`lishni rejalashtirgan. To`ydan oldin qizning nomusini poymol qilgan yigit endi uni kelin o`rnida ko`rishni xohlamadi. Bir gunoh keyingisini boshlab kelaveradi. Basharti u o`sha qizga uylanganida ham tug`ilajak farzand benikoh muhabbat mevasi, valadi zino hisoblanardi. Bunday farzanddan kelajakda or-nomus, oqibat kutib bo`larmidi! Ming afsuski, bugun to`ygacha nomusidan ayrilib, homilador bo`lib qolgan qizlar va ularning bir amallab to`yni tezlashtirishga urinish holatlari ko`p uchrayapti. «Tez to`y qilmasak bo`lmas ekan» deb yugurayotgan ota-ona aslida o`zinMing or-nomusini himoya qilish uchun urinayotgan esa-da, oyni etak bilan yopib bo`lmaydi.
(MA`RIFAT GULSHANI GAZETASI)
|