Eng so'nggi xabarlarga qaraganda Tohir Sodiqov muxlislar uchun yangi albomini tuhfa etishga tayyorgarlik ko'ryapti. Albom nomi hozircha sir yoki hali nom qo'yilmagan. Albomni to'ldirish uchun Tohir Sodiqov va Vagif Zokirovlar avval habar berganimizdek tunu-kun studiyada ijod qilishmoqda. Yangi albom taxminan dekabr oyini boshlariga chiqishi kutilmoqda. Dekabr oyigacha hali 2 oy vaqt bor. Demak ozgina kutishimizga to'gri keladi. Ushbu albom haqida yangiliklarni sizlarga yetkazib turishga harakat qilamiz.