
| Статистика |
XOZIR SAYTDA 16 MEXMON 16 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2010 » Август » 16 » Tesha tegmagan gaplar
10:32 Tesha tegmagan gaplar |
 Ayrimlar och qoringa o'ylay olmaydi, qorni to'ygach esa o'ylagisi kelmaydi. *** Odam qancha dangasa bo'lsa,qilayotgan ishi unga jasoratdek tuyuladi. *** Agar biror kishida o'z fikri bo'lmasa,demak, kimdadur u 2 ta *** Har qanday ishning ham o'z nihoyasi bor. Ammo yalqovlik bilan istagancha shug'ullanish mumkin. *** Sodda va go'l kishilar atrofida albatta makkor kishilar o'ralashib yuradi. *** Qayg'u chek-chegarasiz,ammo xursandchilikning chegarasi bor. *** Axmoqlik 2 xil bo'ladi: jim turish va tinmay javrash. *** Bizni o'qitadiganlarni ustoz,deymiz.Ammo ularning hammasi ham bunga loyiq bo'lavermaydi. *** Sirli narsalarni mo'jiza deyishga shoshilma. *** Tortishuvlarda shamshirni sindirish hech gap emas. Lekin tog'ni sindirib bo'lmaydi. *** Haqiqiy kuchli insonlarni hatto,hasadgo'ylar ham maqtaydi. *** Mayda ish qilib o'rgangan kattasiga o'tishdan cho'chiydi. *** Kelajakda inson yolg'on gapirmaydi,o'g'rilik,tilyog'lamalik,qotillik qilmaydi. Buning barini inson uchun mashinalar bajaradi. *** Dushman uchun choh qazib o'tirma.Uning siz uchun qazigan chohidan foydalaning.
|
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 9727 |
Добавил: Madinka
| Рейтинг: 3.6/10 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|