Bir kuni barcha tuyg’ular yeg’ilib olib bekinmachoq o’ynashmoqchi bo’lishibdi. TELBALIK "men qidiraman” debdi. Shunda MEHR quyosh ortiga, XASAD balchiqqa, XIYONAT xazonlar orasiga, JASORAT vulqon ichiga berkinibdi. SEVGI qayerga yashirinishni bilmay, TELBALIK "98 – 99″ deb sanaguncha, gullar orasiga berkinibdi. Sanab bo’lgan TELBALIK SEVGIDAN boshqa hammani topipdi. Shunda XASAD kelib SEVGI gullar orasidaligini aytibdi. G’azablangan TELBALIK gullar orasiga pichoq sancha boshlabdi. Shunda ko’zlari o’yilgan, yuzlari qonga bo’yalgan SEVGI chiqib kelibdi. Pushaymon bo’lgan TELBALIK: "Aybimni qanday yuvay” debdi, SEVGI: "Endi ko’zlarim ko’rmaydi, menga yo’lboshchilik qilasan” debdi. Shundan beri SEVGIning ko’zi ko’r, TELBALIK unga yo’lboshchi ekan…
|