TASS-Telekom tadqiqot kompaniyasi 2011-yil uchun jahonning 50 ta eng yirik uyali aloqa kompaniyasi reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatni tuzishda kompaniyalarning 2010-yilda mobil aloqa xizmatidan olgan daromadlari asos qilib olindi.
Reytingning birinchi pog‘onasini Xitoyning China Mobiletelekommunikatsiya korporatsiya band qilgan bo‘lib, u 2010-yilda 74,741 mlrd. $ daromad olgan. Kuchli beshlikka Buyuk Britaniyaning Vodafone(daromadi – 72,534 mlrd. $), Amerikaning Verizon Wireless (63,407 mlrd. $), FransiyaningOrange (60,064 mlrd. $) va Germaniyaning T-Mobile (54,484 mlrd. $) kompaniyalari ham kirdi. Ro‘yxatning eng oxirgi o‘rnini Argentinaning Personel uyali aloqa operatori egallagan bo‘lib, uning o‘tgan yilgi daromadi 2,47 mlrd. $ ni tashkil qildi.
Jahonning 50 ta eng yirik uyali aloqa kompaniyasi reytingiga Rossiyaning MTS (daromadi – 11,3 mlrd. $; 20-o‘rin), MegaFon (7,3 mlrd. $; 26-o‘rin) va "Bilayn” savdo belgisi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi VimpelCom (10,5 mlrd. $; 21-o‘rin) kompaniyalari ham kirdi.
Infografika: TASS-Telekom
UCell o‘z logotipini o‘zgartirmoqda
Xabaringiz bo‘lsa, shu yilning may oyi o‘rtalarida dunyodagi o‘ninchi eng yirik uyali aloqa operatori sanalgan TeliaSonera kompaniyasini o‘z brendining butun dunyo bo‘ylab yaxlit holda rivojlanishi uchun o‘ziga tegishli barcha brendlarni yagona logotip ostida birlashtirish harakatini boshlab yuborgan edi. Navbat mamlakatimizdagiUCell brendiga ham yetib kelgan ko‘rinadi.
Bundan bir-ikki hafta oldin poytaxtimiz ko‘chalariga UCell o‘zining yangi.ucell.uz sayti reklamasi tushirilgan bannerlarni joylashtirishni boshlagan edi. Vaqt topib ushbu saytga tashrif buyurganlar kompaniyaning yangi logotipi haqida ozmuncha tasavvurga ega bo‘lsalar kerak.
Shunday qilib, shu yilning 16-iyunidan boshlab UCell ham TeliaSonera kompaniyasi tarkibiga kirganligi tufayli o‘z logotipini o‘zgartiradigan bo‘ldi. Yangi savdo belgisida TeliaSonera kompaniyasining bosh logotipi hamda uning yonida UCell yozuvi bo‘ladi.
Coscom – 1996-yilda tashkil qilingan va 2008-yildan beri UCell savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi. Hozirgi kunga kelib kompaniya abonentlarining soni 8 millionga yetdi.
TeliaSonera, o‘z navbatida, Kcell (Qozog‘iston), Azercell (Ozarboyjon), Geocell (Gruziya), Moldcell (Moldova), Tcell(Tojikiston), Ncell (Nepal), Star-cell (Kambodja) kompaniyalarining nazorat paketlariga egalik qiladi. Bundan tashqari, u Rossiyaning MegaFon va Turkiyaning Turkcell kompaniyalarida ham o‘z ulushiga ega.
2007-yilning iyul oyida TeliaSonera shved-finn kompaniyasi O‘zbekistondagi COSCOM uyali aloqa operatorining asosiy aksiyadoriga aylandi. O‘z navbatida, bu kompaniya jahon telekommunikatsiyalar bozorida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
2008-yil iyul oyida COSCOM kompaniyasi o‘zining yangi savdo belgisini ishga tushirdi, "COSCOM” brendi o‘rnini "UCell” brendi egalladi.