Bag‘rimda xarsangga aylangan sabr,
Sug‘orsa armongul o‘sgan guliman Yolg‘iz ovunchog‘im - hech kimda yo‘q She’R, Demak, men Xudoning erka quliman... Ko‘zyoshimni qandday shimadi qog‘oz, Tabassumning qadri ulug‘dan-ulug‘. Nima qipti baxtim picha bo‘lsa oz, Xudo, berib qo‘ygan kuningga qulluq! Bir qarang: ilohiy ishqqa to‘libdi - Yuragimday to‘kis, boy emas dunyo. Meni sevmasangiz nima qilibdi, Axir meni yaxshi ko‘radi Xudo!.. Qilko‘prik ostidan oqadi umr, Qayiqday tebranib borar imonim. Shukur, siylab bergan dardingga shukur, Suygan bandangman-da, ey Xudojonim...
|