Hayotda ishongan do'stiz bormi? Har qanday holatda ham sizni tashlab ketmaydigan sadoqatli qadrli do'stingiz bormi? Hayotda kimgadir kerak ekanligizni his qilib yashash bu ham eng oliy baxt shunday emasmi? Bilasizmi bundan ancha vaqt ilgari men juda boshqacha inson edim .Bu qaysi ma'noda tushintirsam ekan? Ayrim sabablarga ko'ra hayotdan juda xafa edim... Taqdirimda shunday qismat bitilgan ekan afsus..... Men hayotimdan nolimayman Allohga shukr .....! Oldin bilasizmi hayotda quvnoq inson bo'lishni istardim. O'sha paytlarda kulishni unitib qo'ygan ekanman. Lekin hozir-chi buning aksi men juda xursand va baxtli insonman. Chunki do'stim menga hayotga kulib boqish kerakligini o'rgatdi. Inson kechagi g'am - tashvish,o'tmish bilan emas yangi ertangi kun uchun yaxshi umidlar bilan yashashi kerak. Meni hayotda shunday do'stim borligi uchun Allohimga ming shukrlar aytaman har doim. Do'stim menga juda ko'p narsalarni o'rgatdi. Men hozir avvalgidek emasman......Endi men ham kulishni... tabassum qilishni bilaman. Do'stim hayotimdagi eng qadrli inson...Men undan juda ... minnatdorman....!Do'stim bu dunyoda borligingiz uchun ... TASHAKKUR...!