O`tgan haftada narkotik moddalar iste`moli va saqlaganligi tufayli
qamoqqa olingan mashhur turk honandasi Tarkan kecha ozod etildi.
Tarkanni Beshiktosh tuman prokurori so`roq qildi va uni ozod etdi.
Bunga uning o`z aybini ta`n olganligi sabab bo`ldi. Qo`shiqchi 6 yildan
beri narkotik moddalar iste`mol qilishi va ayni damda antinarkotik
terapiya olishi niyatida ekanligini bayon etdi.