Quvonchla kutaman har daqiqani Uyg’ongan onimga shukr qilaman Axir yana bir tong quyosh nurlari Chaqnab turishiga guvoh bo’laman.
Shunday sho’x qizmanki goho yo’limda Qaramaganni ham qaratolaman Jimjitlikni hechham hush ko’rmas ko’nglim "Indamas”larni ham so’zlatolaman
Dilim og’ritsa ham atrofdagilar Yuragim ularni nazar qilmaydi G’amgin ko’rinsada bu yorug’ chehram Qalbim yomonlikka parvo qilmaydi
Shunday beg’ammanki, o’zim hayronman Na o’qish, na ishlash qiziqmas aslo Shunday beg’ammanki, o’zim hayronman Rejalar tuzishni bilmayman hatto.
Og’ir mashaqqatla qilsamu mehnat Ammo bu mehnatim bermasa rohat Ajabo achinmay , o’tkan vaqtimga Faqat shu vaqtimni zo’r o’tkazsam bas Xurshidabonu Umarxonova