|
Tangrim panohida asradi bizni- Yillarning izidan yillar chopsa ham. Ko’ksimda ko’tarib yuribman Sizni Gohida tosh kabi og’ir botsa ham.
Yuzingiz shunchalar issiq munavvar, Termulsam yorishib ketadi dunyo. Xudoning bergani hart un, har sahar Sizning haqqingizga qilurman duo.
Dunyoga sig’maydi shu kichik jussam She’rlar eshitilar dil rozingizdan. Bir hovuch suvdayin sochilar g’ussam, Ishqning isi kelar ovozingizdan.
Dunyoning g’amlari sezilgani yo’q, Sizning qarshingizda eridim mumday. Yuragim anorday ezilgani yo’q, Men mag’rur yashadim hamisha birday.
Siz hech qizg’anmay ko’ngilni berdim, Umrimning tirgagi, sinchi o’zingiz. Hislarimni gul deb, jon deb asradim – Shunchalar munavvar Sizning yuzingiz.
Zamira Egamberdiyeva
|