Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Ноябрь » 11 » Tangrim, meni kechir...
13:57 Tangrim, meni kechir... |
Tangrim, meni kechir...
Bugun avtobusda sochlari tillarang go'zal bir qizni ko'rdim. Avval unga havasim keldi.- juda quvnoq va xushchaqchaq edi u. Qiz o'rnidan turib, qo'ltiqoyoqda avtobus eshigi sari yo'nalgach, uning bir oyoqsiz ekanligini ko'rdim. Biroq, oldimdan o'tayotib, menga qarab jilmaydi.
Tangrim, meni kechir, oh-voh qilganim uchun, Oyoq-qo'lim but-ku, men-la bu ochun!
Men shirinlik xarid qilgani qandolat do'koniga kirdim. Peshtaxta ortida turgan yigitcha menga yoqib qoldi. Biz u bilan gaplashib qoldik. Aftidan, unga ham mening suhbatim manzur bo'ldi. Ketayotganimda, u menga: "Suhbatingiz uchun sizga katta rahmat. Bilasizmi, gap shundaki, men ko'rman", dedi.
Tangrim kechir, oh-voh qilganim uchun, Axir ko'zim sog'-ku, men-la bu ochun!
Ko'chada ketayotib bir bolakayga ko'zim tushdi. U maydonchada o'ynayotgan boshqa bolalarga moviy ko'zlari bilan ma'yus termulib turardi. Unga yaqinlashib: "Nega o'yinga qo'shilmayapsan?", deb so'radim. Bola menga qaradi va men uning kar ekanligini angladim.
Tangrim kechir, oh-voh qilganim uchun, Qulog'im eshitar, men-la bu ochun!
Ikki oyog'im but-istagan joyimga bora olaman; ikki ko'zim sog'-tong shafag'ini ko'ra olaman; quloqlarim eshitadi-qushlarning sayrashini tinglay olaman...
Tangrim kechir, oh-voh qilganim uchun, To'rt mucham sog', demak, men-la bu ochun!
amerikalik yozuvchi Og Mandino
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1360 |
Добавил: shohruxxon
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|