Informatsion-kommunikatsion
texnologiyalar hayotimizga asta-sekin (yoki shiddat bilan - kimda
qanday!) kirib kelar ekan, hayotimiz yengillashib bormoqda: endilikda
uzog'imiz yaqin, og'irimiz yengil, istalgan axborotni soniyalar ichida
topish mumkin. Ish o'rinlarida ilgari qo'lda, ko'p vaqt sarflab qilib
kelingan vazifalar endi kompyuterlar sharofati bilan tezlashgan,
osonlashgan. Masofadan turib mehnat faoliyati yuritish imkoniyatlari
paydo bo'ldi. Minglab chaqirim narida yurgan yaqinlarimiz bilan
bemalol, kerak bo'lsa, yuzma-yuz suhbatlasha olamiz. Xorijning eng
yirik kutubxonalarida saqlanayotgan adabiyot durdonalarini uyimizdagi
kompyuter orqali bemalol o'qishimiz imkoniyati paydo bo'ldi.
Ammo.. yangi
texnologiyalarning ham salbiy tomonlari ham yo'q emas. IKTning asosiy
salbiy jihatlarini ajratib ko'rsatadigan bo'lsak, quyidagilarni
ko'rsatish mumkin:
*kiber-jinoyatlar;
*spam - global muammo.
Symantec kompaniyasining aniqlashicha, 2010 yilning sentyabr oyida
global elektron pochta traffigida elektron xatlarning 91.9% spam
bo'lgan ekan. O'rtacha hisobda, bu ko'rsatkich 83% dan 97% gacha
bo'lishi mumkin. Rossiyaning spamdan ko'radigan zarari 1.3 mlrd.$ dan
1.9 mlrd.$ gachaligi hisoblab chiqilgan.
*phishing (shaxsiy informatsiya, masalan parollarni aniqlashga qaratilgan noqonuniy harakatlar);
*kiberskvotting - domen nomlarini boshqa shaxs yoki tashkilotlarga qayta sotish maqsadida regstratsiya qilib olish (squatting - inglizchada birovning uyiga kirib joylashib olish ma'nosidan o'zlashtirilgan);
*virus, shpion va boshqa zararli fayllarning umumiy soni - naq 2 million;
*dunyodagi 40% ko'proq kompyuterlar viruslar hujumidan himoyalangan emas;
*Himoyasiz internetga ulangan kompyuterning zararlanishi uchun odatda 10-15 daqiqa kifoya;
*Har kuni Internetdagi 6 000 veb-sahifa viruslardan jabr ko'radi;
*axborot resurslaridan
noqonuniy foydalanish (litsenziyalanmagan dasturiy ta'minot, elektron
kitoblar, musiqa, video va hokazo). Rossiyaning o'zida piratlik
darajasi 80% ni tashkil qiladi;
Bu hali hammasi emas. Texnologiyalar bilan aloqador nafaqat texnik muammolar, balki odamlarda kasalliklarni ham kelib chiqmoqda:
* bel og'rig'i, skolioz, osteoxondroz;
*tromboz (venalarning trombonlar bilan yopilib qolishi);
*gipodinamiya (kamharakatlilik);
*ko'rishga aloqador kasalliklar (eng ko'p tarqalganlarida: ko'z quruqligi kasalligi);
*o'yinga mukkasidan ketish (o'yinga bog'lanib qolgan bemorlarning o'rtacha yoshi 6 yoshgacha tushib ketgan);
*mobil telefonga bog'lanib qolish;
*axborotga bog'lanib qolish;
*internetga bog'lanib qolish;
*axborot stressi; mavjud
axborot manbalarining va ularni yetkazib berish vositalarining keskin
ko'payib ketishi, ma'lumotning seldek oqib kelishi - axborotni hazm
qila olmaslik to'g'risidagi shikioyatlarning ortishiga sabab bo'lmoqda;
*elektron tengsizlik (digital
divide, цифровое неравенство); axborot texnologiyalaridan foydalana
olmaslik jamiyat a'zolari o'rtasida yana bir katta farqni - elektron
tengsizlikni keltirib chiqarmoqda. Ayniqa, yoshi keksa kishilar axborot
sohasida ko'pgina imkoniyatlardan bebahra qolishlari kuzatilmoqda. Bu
esa, vaqt o'tishi bilan, turli sotsial muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Bu sanab
o'tilgan muammolar ro'yxati to'liq emas, shuningdek, olimlar tomonidan
yetarlicha o'rganilmagan ham. Chunki, hozir biz o'rganib qolishga
ulgurgan shaxsiy kompyuterlar, smartfonlar, Internet va hokazolar
tarixiy va texnologik rivojlanishning bu bosqichida hali o'ta yangi
voqeliklar. Ularning paydo bo'lishi nari borsa 20 yil ilgari, keng omma
foydalanib boshlagani esa undan deyarli ikki baravar kam. Shunday ekan,
har narsada bo'lgani kabi, bu ne'matlardan ham biz me'yorida
foydalangaminiz ma'qul.
|