- Film voqealari rivoji 1928-yili suratga olingan “Nyu York bo`ylab poyga” filmi ssenariysiga asoslangan. - Suratga olish vaqtida rejissyor “Formula 1” vakillaridan ham foydalangan. - Nemis avtomobilsozi Kryuger yoniga kelayotganida Emilyen sirenani eshik orqali mashina tomiga qo`yadi. Olib tashlashda esa oyna orqali olib tashlagan. - “Taksi - 3” filmi boshlanishida mashhur aktyor Silvester Stallone ham suratga tushgan. - Daniyel Silvesterning qahramonini olib ketayotgan vaqtda TGV poyezdini quvib o`tadi. Eslatib o`tamiz poyezdning tezligi soatiga 300 km dan oshadi. - Filmda Lyuk Besson suratga olgan “Vassabi” filmining reklama afishalari ham ko`zga tashlanadi. - 3-filmning boshida Daniyel mashinani yurg`izganida mashina yonida suratga olish kamerasi ham tasvirga tushib qolgan. - Politsiya hodimlaridan qochgan vaqtda Daniyelni yonida begona mashina bor edi. U tezlikni oshirgach ushbu mashinaning ko`rinmas masofada qolib ketganligi ma`lum bo`ladi. - Silvester tushgan sahnada uning tezlik tufayli tebranganligi ko`zga tashlanadi. Bu kadrlarga yaxshilab e`tibor berib qaralsa, aktyorning o`rniga maneken o`tirganligi ma`lum bo`ladi.