CHORSHANBA, 2025.01.08, 15:33
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 21 » Suyukli do’stim
09:22
Suyukli do’stim
Suyukli do’stim! Tasavvur qil, bir ozdan so’ng uyingga Payg’ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallam kirib keladilar. Xayolingga keltirmagan tashrif… Nima qilgan bo’larding shunda? Axir u zot odam bolalarining eng yaxshisi… Payg’ambar… Ollohning suyukli do’sti…Ana o’sha zot sening eshiging ostonasida turibdilar…Seni ziyorat qilmoqchilar…
Tasavvur et, o’sha paytda nima qilasan? “Bugun hayotimdagi eng baxtiyor kun, axir kimsan Payg’ambar biznikiga keldilar”, degancha hayajon va xursandchilik bilan u zotga peshvoz chiqasanmi yoki bir oz taraddudlanib, javoningda qalashib yotgan turli-tuman chet el qo’shiqchilarining xonishlari yozilgan disk-kassetalar o’rniga Qur’oni karim tilovati, hadisi sharif yozilganlarini terish uchun yugurib qolasanmi? Behayo, zulmu zo’ravonlikni targ’ib qiluvchi, mazmunsiz videokassetalaringni ham yashirarsan? Xonang devorlarini to’ldirib yotgan suratlarnichi? Ularni ham ko’chirib, uloqtirib tashlarsan? Axir Rasululloh solallaohu alayhi vasallam bu manzarani ko’rsalar, xursand bo’lmasliklari aniq.
Yuvinish xonasida tish cho’tkalaring yoniga u zotning sunnatlariga ergashayotganingni bildirish uchun misvokni ham tirkab qo’yarsan, a?
Sen-chi, muhtarama singlim, qanday kutib olasan Payg’ambaringni? Balki necha yillardan beri o’zingga or bilib, qaror qilolmay yurganing ro’molingni o’shanda o’rab chiqarsan? Yo shu ahvolingda – sochlaring yoyilgan, egningda tor kiyimlar, yuzingga turli bo’yoqlar chaplangan holingda qarshi olasanmi u zotni? Bunday ahvolni ko’rsalar, seni kim deb o’ylashlari mumkin?
Sarvari koinot uyingga kirib: “Sendan bomdod namozi, jamoat namozlari, tungi ibodatlarni qoyim qilish haqida so’rashim uyat, shubhasiz, bular sening hayotingda muhim o’rin tutgan ishlar, shunday emasmi?” deb qolsalar, nima der ekansan, do’stim? O’sha vaqtda nimani his qilasan? Uyalasanmi? Afsuslanasanmi? Yoki bez bo’lib tirjayib turaverasanmi?
Necha oylardan beri namoz o’qimayotganingdan yoki umring bino bo’lib, atigi bir marta Qur’onni qo’lingga olib o’qiganing haqida do’stlaringga maqtanib yurganingdan xabar topsalar, nima derkinlar?.. “Qiyomatda men faxrlanadigan ummat sen emassan”, dermikinlar yoki indamay, g’azabdan yuzlari qizarganicha uyingdan chiqib ketarmikinlar?..
Mayli, bunday bo’lmadi ham , deylik, Sayyidimiz bilan nima haqda suhbat qurgan bo’larding? Musulmonlarning g’am-alamlari, musibatlari xususidami yoki din ilmlari, musulmonlar tarixi, ummatning kelajagi haqidami? Yo restoran, konsertlarga birga boradigan do’sting haqida so’zlab berasanmi? Yoki serilallar qahramonlari haqidagi oxirgi mish-mishlarni, yangi kinolar, futbol o’yinlari, modaga kirayotgan kiyimlar, moshinalarni so’zlab berarsan?..
Xo’sh, aziz do’stim, ushbu tasavvuring qalbingda ne tuyg’ularni uyg’otdi? Asli kimsan-u, lekin kimlarga o’xshab yurganingni angladingmi? O’tayotgan umringga ozgina bo’lsa-da nadomat chekdingmi? Rasululloh solallaohu alayhi vasallamning bir zumlik ziyoratlariga hali tayyor emasligingni his etdingmi? Demakki, Alloh taolo huzurida turishga umuman tayyor emassan.
Senga nima bo’lganki qalbing qotib qolibdi. Diling dag’allashibdi. Sendan qochayotgan dunyoning ortidan quvib yuribsan. Alloh taolo senga har kuni ochayotgan minglab tavba va munojot eshiklaridan yuz o’girgansan…
Aziz do’stim! Hech shubhasiz, sen qiyomat kuni ushbu maqolani eslaysan. U kunda sen ikki kishining biri bo’lasan: yo maqolani o’qigach, hayoti yaxshi tarafga o’zgarishiga sabab qilgani uchun Allohga hamd aytgan yoki o’qigan bo’lsada, o’zini yig’ishtirib olmagan, oqibatda ushbu maqola qiyomat kuni zarariga hujjat bo’lib qolgani sabab qattiq nadomatga uchragan kishi…
Do’stim, tavbaga shoshil, yomonliklardan o’zingni tiy. Alloh sendan rozi bo’lsin!

Категория: ISLOM | Просмотров: 1093 | Добавил: MaVeRicK | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz