Armon nima ? Men uchun siz armon. Hayron bo'lmang, so'roqlamang ham. Boisi, ushalmas armonim ekanligingiz o'zizgaham ma'lum. Men ham sizni armoningizmanmi? Buni aslo bilmayman.
Armonim! Bugun sizni topdim yo'qotib ham ulgurdim. O'rnimda o'zga bo'lganda yo'qolib qolishingizga yo'l qo'ymas edi. Lekin men... men buni uddalay olmadim. Ha mayli, yo'qothanim muhim emas, muhimi sizni, topib kashf eta olganim. Men uchun shu baht, aynan shu yutuq.
Samolarga termulaman. Osuda tun Nogahon yulduzlarga nigohim tushadi. Ular ichida birgina yorqin yulduz meni o'ziga rom ayladi. U kimning yulduzi? U mening yulduzim ovunchim, yupanchim. Ungagina dardimni ayta olaman. Ugina so'zlarimni jim tinglay oladi. Siz mening SUYIB TANLAGANIMSIZ. Biroq bunga menda na haq bor na huquq. Menda hech qanday imkon yo'q. Men bir ojizman, suyganiga qalbidagini to'kib solilmaydigan, talpinishgada cho'chiydigan. Sizning ta'biringizda "hurkak ohu". Mayli shunday bo'la qolsin. Shunisi ma'qul... ikkimizgaham
Suyganim! Mendan qalbingiz ozor topmasin. Buni hohlamayman, yuragim azoblanadi. Iztirob chekmasligingizga harakat qilaman. Bu qo'limdan keladi, albatta. Talpinmaslikka irodam yetsa kerak, chunki talpinsam-da, sizga yetolmasligim aniq...
ABADIY USHALMAS ORZU - ARMONIM JAMOLAGA BAG'ISHLANADI !!!
|