Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Mark Sukerbergning qizi Maksni emlashga bag‘ishlangan posti uch milliondan ortiq “layk” va 70 mingdan ortiq izoh to‘pladi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Sukerberg o‘zining sahifasiga Maksning shifokor kabinetidagi suratini “Shifokor huzuriga tashrif – emlash vaqti” degan so‘zlar bilan joylashtirdi.
Post ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarning ba’zilari bolalar emlashini qo‘llab-quvvatlaganligi uchun Mark Sukerbergdan minnatdor bo‘ldi. Boshqalari emlashni xavfli deb tanqid qildi. Ularning ta’kidlashicha, emlangan bolalarning tabiiy immuniteti yomonroq ishlay boshlaydi.
Ba’zi foydalanuvchilar esa Facebook asoschisini emlashdan daromad qiluvchi farmatsevtika kompaniyalarini reklama qilishda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Sukerberg jeday libosiga o‘ralgan chaqalog‘i Maksning suratini e’lon qilgan edi.
|