Germaniya Federal Konstitusion sudi operatorlarning telefon qo'ng'iroqlari va elektron pochta ma'lumotlarini hukumat jinoyatlarni ochish va va terrorchilikka qarshi kurashishda foydalanishi uchun yarim yil davomida saqlashi to'g'risidagi qonun ijrosini to'xtatishga qaror qildi. Sudning belgilashicha, bunday ma'lumotlar darhol yo'qotilishi kerak va bu yo'sindagi qonunlarni qabul qilishdan avval o'ta qat'iy nazorat va axborot saqlanishini ta'minlash darkor.
Qonun butunlay bekor qilingani yo'q, faqat undan foydalanishning aniq chegaralari belgilangunga qadar to'xtatildi.