Forbes jurnali dunyoning eng ko`p pul topadigan futbolchilarining ro`yhatini e`lon qildi. Unda kuchli uchlikni Bekxem, Ronaldu va Kaka egallab turishibdi. Bekxemning futboldagi faoliyati tugab borishiga qaramasdan u hamon eng ko`p pul topadigan futbolchi bo`lib turibdi. 40 yoshli Angliyalik bu futbolchu yil davomida 40 million dollar ishlagan. Unga bu pullar Adidas, Giorgio Armani, Motorola kabi kompaniyalar bilan hamkorligi orqasidan kelmoqda. Olgan jarohati tufayli jahon chempionatini o`tkazib yuborishi mumkiblig futbolchiga kelasi yili moliyaviy tomondan unchalik ham yaxshi kelmasligini anglatmoqda. Portugaliyalik yarim himoyachi Krishtianu Ronaldu esa 30 million bilan ikkinchilikni zabt etdi. Ronalduning asosiy homiylari Nike, Giorgio Armani va Coca-Cola kompaniyalari sanaladi. Ronaldu 2008-yilda "Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan. U eng qimmat futbolchi sifatida ham tarixda qoldi. Uni transferi Madridning "Real” jamoasiga 130 million dollarga tushgan. Jamoa futbolchi bilan 5 mavsumga shartnoma imzolagan. Birinchi mavsumda 15.5 millionga ega bo`lgan Ronalduning maoshi keyingi mavsumlarda 25 foizga oshmoqda. Qirollik jamoasining yana bir futbolchisi, Braziliyalik Kaka 25 million maosh bilan uchinchi o`ringa loyiq topildi. 2007-yilda eng yaxshi futbolchi deb topilgan Kaka "Real”ga 91 millionga tushgan edi. Uning homiylari qatoriga Adidas, Giorgio Armani kabi kompaniyalar kiradi. Quyida o`nlikni e`tiboringizga havola etamiz: 1. Devid Bekxem («Milan») – 40 mln. 2. Krishtianu Ronaldu («Real») – 30 mln. 3. Kaka («Real») – 25 mln. 4. Ronaldin`o («Milan») – 25 mln. 5. Tyerri Anri («Barselona») – 24 mln. 6. Lionel Messi («Barselona») – 20 mln. 7. Frenk Lempard («Chelsi») – 17 mln. 8. Jon Terri («Chelsi») – 16 mln. 9. Zlatan Ibragimovich («Barselona») – 16 mln. 10. Stiven Jerard («Liverpul») – 15 mln.
|