SOVCHILIK
Sovchilik sovchilik eh bu sovchilik
Yigitni qiziga qilgan ovchilik
Sovchilar sovchilar voh bu sovchilar
Yigitdan qiziga borgan ovchilar
Bir kuni bo’lipti bitta sovchilik
Hali hech kim ko’rmagan ajib ovchilik!
Hayron qopti bor jahon
Manzil bo’pti forumjon
Bir kuni bir hovlidan
"Hmmmmm”, digan sas chiqibdi
Baqiribdi badjahl
Kimsan General axir
"Uylanmesanlarmi” deb
"Yotuvrasanlami” yeb
"Kimga buncha hashamat
Kimga bu mol-u davlat
Hammenglaga dunyoni
Fizika-yu kimyoni
O’rgatganda o’rgatib
O’rgatmabman FXDYOni”
(shaxrizoda)
-"Bollarimga baqirmang,
Uylanishga chaqirmang.
Hammasiga baqirib
Qisib qo’yibsiz tilini
Qattan biladi bula
Qiz bolani xilini
Qareng, hamma yoq toza
Va hamma yoq ozoda
Ayting axir mendaqasin
Topilarmi dunyoda”
Dip noz qipti Shaxrizoda
General,-"jim tur” didi
Yana bilganin qildi
"Hammeng uylanasan ",-dip
Qiyin vazifa berdi-
"MBM, tongga qarab
Shoxruxxon va Bek Arab
Ko’chaga jo’nang”- depti
Uchovingam ertalab.
Yana qo’shib qo’yipti
"Erkaksila, bilaman
Xotinsiz qaytseng agar
Bitta erli qilaman.”
Ertasi otganda tong
Soatlar urganda bong,
Yo’lga chqibdi uchov
Uchta pahlavon qarang
Uchovi yo’l yuripti
Yo’l yurip mo’l yuripti
Oxirida uchovlon
Uchta qizni ko’ripti
Ox… olibdi ko’ngil
Uchovi opa-singil
MBM ga kattasi
Bek Arabga o’rtancha
Shoxruxxonga doimgidey
Ortib qopti mitticha
Kattasi o’qishga qayrilipti
MBM hushidan ayrilipti
Janon yuradi asta
MBM tutib guldasta
"Isming nima go’zal yor
Hurliqomi yo Dildor?
Nargizami? Aziza?”
U qiz depti, "Laziza”
(mbm)
"Manga baribir depti!
Xullas, sizzi sevaman,
Yolg’izligizzi bilaman
Man otvechat qilaman
Man
sizga uylanaman”
Shunda depti Laziza
"To’g’ri, ba’zi ba’zida
Handon otib kulaman,
Ba’zan kezi kelganda
Hazil qip ham turaman
Lekin hozir sochingni
Bitta bitta yulaman.”
(mbm)
Manga baribir depti!!
Uyigacha boripti
Chaqirarmi dep choyga
Lekin shunda Laziza
Opchiqibti ovcharka
"Yo hozir bu yerdan
Qorangni o’chirasan
Hamma ko’ch ko’roningni
Bu yerdan ko’chirasan
Yoki mashu itga
San hozir yem bo’lasan
Qiyma qiyma bo’lasan
Aniqrog’I o’lasan "
Dipti
(mbm)
"Manga barirbir dipti!!!”
Biroz o’ylab turibdi
Bitta rasmga olib
So’ng uyiga kelipti.
Bu mahalda Bek Arab
O’rtancha qizga qarab,
Asta yurish qilipti,
Yurish qipti astalab
Qiz borarkan turnodek
Qadamlari noz ila
"Ismiz nima?” dipti Bek
"Mani ismim Kamilla.”
"Xullas sizzi sevaman,
Yolg’izligizzi bilaman
Man otvechat qilaman
Man sizga uylanaman.”
"O’xxo’ dipti go’zal qiz
Ko’rinishizdan qorniz to’q
Uylanmoqchi bo’lipsiz
Ho’p, orzuga ayb yo’q.”
Uyigacha boripti,
Bir rasmga olipti
Qiz opchiqqach pichoq
Bek Arab bo’pti qochoq.
Bu mahalda Shoxruxxon
Qizzi izida sarson
Oxiri yetvolipdi
Asta gapga solibdi
"Salom”, dipti go’zal qiz
U yam salomin qipti
Keyin sekiiin, o’g’irlab
Shoxga qarab qo’yipti.
(shoxruxxon)
"Shu desez sahardan,
Izizda ovoraman,
Yo’, demasez agar
Sumkezni ko’tarishvoraman”
Shoxruxxonni bo’y basti
Qalbga ishq sob qo’yipti
Qiz hali ho’p demasdan
Sumkani ob qo’yipti
Shunda Shoxruxxon depti
"Voy, bu qiz ja baloku
Sumkasi og’ir ekan
Naq, yigirma kilo-ku”
Ichida har hil darslik
Kitoblar bisyor ekan
Karra jadvali, lug’at,
Alifboyam bor ekan.!
"Yaxshi qiz, axir sizga
Bu kitoblar o’tmiydi,”
"Ne qilay mittichaman
Partaga bo’yim yetmiydi”
Xullas Shox ham uni
Uyigacha boripti
"Uylanaman sizga” dep
A-yu xannoz solipti
Qizcha qo’rqip ketibdi
Sumkasini olipti
Shoxruxxonga bir qarab
Aylantirib solipti!!
Shundan keyin shoxruxxonni
Esi og’ib qolipti
Uyigacah u bazo’r
Zo’rg’a yetivolipti
Uyga borgach uchovlon,
Dardin qilipti doston
Ishqdan qalb urib javlon
"Sevamiz!!!” depti har on
"To’xta” depti General
"Nafasingni rostlavol
Ooh, Vooh qilasanla…
Fe’limni bilasanla
Ta’rifini keltirding
Tasvirini ne qilding.”
MBM bilan Bek Arab
Rezkiy telfonga qarab
Rasmini ko’rsatibdi
Isminiyam etibdi
General depti- "Gap yo’q
Ikkovingdan ko’nglim to’q.”
"Shoxruxxon im zo’r bola
Ne qilding” depti ona
"Oyijon, shu desez,
Na otini so’roldim,
Na
rasmga ololdim
Lekin vizitkasini
Cho’ntagimga solvoldim
Gulnoza ekan ismi
Mosdir ismiga jismi.”
Qopti rasmga qarab
Ham ona-yu ham ota
"Buncha bu qiz mitticha”
Noz qipti Shaxrizoda
(shoxruxxon)
"Ey, unaqa dimengla
Buni nuqson bilmengla
Sevishim bilib turib
Izdivatsya qimengla
Kamro ketadi mato
Ekonom dlya kissa
Ovqatini bexato
Yegizamiz ikki hissa
Hali oyi ko’rasiz
Kotta qiz bo’p qoladi
Undo-Mundo dimengla
Karoche to’y bo’ladi”
General Shoxruxxonni
Ohangidan bilipti
O’g’lin fikri konkret
Bir quchoqlab qo’yipti
(General)
"To’y albatta bo’ladi
O’zim to’yga bosh bo’lay
Kere bo’sa shu mitticha
Kelinimga osh
qilay”
Otasini gapidan
Hursand bo’pti Shoxruxxon
Va otasiga qobil
Farzand
bo’pti Shoxruxxon
Shunda depti Shoxruxxon:
"Onalarini ismi
"Nozi”, eslab qololdim
Uyga izidan borip,
Manzilini bilvoldim!”
General dedi-
"TAMOM
"Shaxrizoda, ertaga
Borasan qudang
tomon”
Shaxrizoda qiz mohir
Ertalabdan turibdi
Yuz qo’llarini yuvip
Nonushtasin qilipti
Yo’l opti sovchilikka
Haligi ovchilikka
Borib kooo’p gap qilipti
Oxiri ko’ndiripti
Shunda qudasi Nozi
To’yga bo’lipti rozi
Gumburlagan to’y bo’pti
So’yilgani qo’y bo’pti
Kuyovla kelinlani
Bitta bittadan o’pti
Hamma baxtli bo’lipti
Zo’r bo’lipti buyog’i
Va shu yerda tugabdi
Gangsterni siyoxi.