Endi Janubiy Koreya
aholisining qariyb 93 foiz aholisida uyali aloqa vositasi bor, deb
yozadi AP. Ushbu mamlakatdagi aloqa bo‘yicha maxsus qo‘mita
ma’lumotlariga asoslanib tarqatilgan yangilikda aytilishicha, bugungi
kunda bitta koreys oilasiga 2,75 dona "sot¬ka” to‘g‘ri kelayotgan ekan.
Osiyodagi mazkur mamlakatda 48,6 mln. kishi istiqomat qilsa,
ularning 45,6 mln. nafari fan-texnikaning ushbu yutug‘idan foydalanadi.
Shunday qilib, Janubiy Koreya bu borada dunyo bo‘yicha egallab turgan
yetakchi o‘rnini yanada mustahkamlab oldi. Mutaxassislarning fikricha,
uyali aloqa vositalari sonining keskin oshib ketishiga moliyaviy
inqiroz xalaqit bera olmas ekan. Koreys xalqi mobil aloqa
apparatidan qo‘ng‘iroq qilish, SMS yozish, veb-serfing (internetda
sayohat qilish), musiqa eshitish, elektron xarid qilish maqsadida faol
foydalanadilar. Janubiy Koreyaning "Samsung” va LG kompaniyalari ham
uyali telefonlar bozorida savdo-sotiq hajmi bo‘yicha 2 va 3-o‘rinlarni egalladi.