Главная » 2014»Декабрь»24 » Sony Pictures: “Intervyu” filmi AQShdagi 200 ta kinoteatrda namoyish etiladi
10:36
Sony Pictures: “Intervyu” filmi AQShdagi 200 ta kinoteatrda namoyish etiladi
24.12.2014 // Dunyo Sony Pictures: “Intervyu” filmi AQShdagi 200 ta kinoteatrda namoyish etiladi
KXDR yetakchisi Kim Chen Inga suiqasd uyushtirilishi haqidagi “Intervyu” komediyali jangari filmi 25-dekabr, Rojdestvo kuni AQSh hududidagi 200 dan ortiq mustaqil kinoteatrlarda namoyish etiladi. Bunday qarorni kinolentani ishlab chiqargan Sony Pictures kompaniyasi qabul qildi, deb yozadi “RIA Novosti”. Foto: Associated Press Dastlab filmni AQShdagi 3 mingta kinoteatrda ko‘rsatish rejalashtirilgan edi. Sony Pictures kompaniyasi kompyuter tarmog‘iga hujum uyushtirgan xakerlar “Intervyu” premyerasi bo‘ladigan kinoteatrlarda 2001-yil 11-sentabrdagi kabi teraktlar uyushtirish bilan tahdid etgach, filmning 25- dekabrga mo‘ljallangan AQSh premyerasi bekor qilingan edi. Xakerlar aynan qanday xatti- harakatlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgani ma’lum qilinmadi. AQSh prezidenti Barak Obama Sony Pictures’ning xakerlar tahdidlariga qaramay, “Intervyu”ni Amerika kinoteatrlarida namoyish etish qarorini ma’qulladi.