Статистика |
XOZIR SAYTDA 3 MEXMON 3 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Сентябрь » 12 » So’nggi yo’l
|
Qadamlar, sharpasiz og’ir qadamlar, Ko’zlar pardasiga qalqqan achchiq yosh. Ens so’nggi safarga kimni uzatar, Hamkasbmi, qo’shnimi yoki qarindosh? Gullar husni shuncha sovuqmi asli, Visol damidagi ko’rki qayerda? Bugun tabiatning qanaqa fasli, Hech kim payqamaydi, ko’zlari yerda. Mayliga, ranglar ham o’chsin bir nafas, Mayliga, oftob ham berkinsin bir dam. Mayliga, bir zum yo’qolsin havas, Mayliga, zil yukday tuyulsin qadam, Axir oramizda ketmoqda odam! Motam sukutidan yurak qiynoqda, Yurak qiynoqdaki, bermagunday tob. Ammo, men istardim, yurak shu topda O’z-o’ziga shunday berolsa hisob: Dardin eshitdingmi tirikligida? Biron shodlik kuni gul tutganmiding? Yoki o’sha kunni unutganmiding? Qadriga yetdingmi tirikligida? Shu so’roqqa tutsa ko’nglimiz bizni, Balki o’lim yana ketardi yiroq. Odamlar! Qadrlang bir-biringizni, Gul ham, muhabbat ham tirikka kerak.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 818 |
Добавил: BioHazarD
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|