Yig'lar yurak, ho'rsinar yurak sizsiz o'tar kundan og'rinib ond ichmoqlik edi ne kerak? Hudo haqi, sizni sog'indim. Menga bir so'z ayting ham demayman bir umrga qayting ham demayman bir ko'rmoqqa yillar yig'layman hudo haqi, sizni sog'indim. Olib ketsin deya oq qushlar tunni kutdim ko'rmoq uchun tush hijron meni qafasda ushlar hudo haqi, sizni sog'indim Ma'yus kuzlarimdan yoshlar oqar suymaganim suykalib boqar oh zorlarim eshigingiz qoqar hudo haqi, sizni sog'indim G'uncha-u gullar parvona qush tilida honishlar aytdim garchi bu so'z shoirona lekin sizni sog'inib ketdim Zulmat tunda o'rtandi yurak hayolimda faqat sevgilim menga o'zi bilmayman ne kerak.. Hudo haqi, sizni sog'indim!
|