Sharqning go'zallik sirlari haqida so'z ketganda hna haqida alohida to'htalib o'tish joizdir. U tabiiy bo'yash vositasi bo'lib, tarkibida efir moylari bo'lib soyalar uchun foydalidir. U sochlarni sog'lomlashtiribularga o'ziga hos tovlanish beradi. Sharqda hnadan erkaklar ham foydalanishadi.
Hna tirnoqlarni ham mustahkamlaydi. Suyuq qilib tayyorlangan hna eritmasiga yarim soatga barmoqlarni solib o'tirish kerak. Sochni hna bilan bo'yash. Hnaga qaynoq suv solinib quyuq kasha holiga keltiriladi. Sochlarni biroz qoraygan holatga keltirish uchun hnaga bir choy qoshiq kofe qo'shib yuborish mumkin. Hna sochlarda bir soatcha ushlanadi so'ng iliq suv bilan yuviladi. Agar sochingizni bo'yashni istamasangiz 2 osh qoshiq hnani 1 litr suvga aralashtirib sochlarni chayish mumkin. Sochlarni yanada mustahkamlash va ularning jiloli qilish uchun quyidagi mevali bal'zamni ham qullash mumkin. Bu bal'zamni shuningdek shampun' o'rnida ham ishlatish mumkin. 1 tuxumning oqi. 2 apel'sin so'ki 1/2 qirg'ichdan o'tkazilgan olma 1/2 banan Hamma mahsulotlarni mikser bilan yahshilab aralashtirilib, tayyor bo'lgan surgini biroz namlangan sochlarga surtiladi. Iliq sochiq bilan boshni o'rab qo'yilsa maskaning foydasi yanada ortadi. Agar surgidan biroz qolsa uni yuzga ham surtish mumkin. Badandagi ortiqcha tuklarni yo'qotish. Badandagi ortiqcha tuklarni yo'qotish uchun necha asrlardan kunimizgacha etib kelgan arablarning usulini qo'llash mumkin. Bu retsept sham bilan epilyatsiya uslubining natijasini beradi, lekin unga nisbatan og'riq kamroq seziladi va teri shikastlanmaydi (boshqa uslublardan farqli o'laroq shakar teriga emas faqat tuklarga yopishganligi tufayli). Natija esa tuklarning o'sish jarayoniga qarab 2 haftadan 6 haftagacha etadi. Idishda 1 stakan shakarni eriting va u tilla-jigarrang bo'lganidan so'ng bir necha tomchi limon soki qo'shing va olovdan oling. Biroz sovigandan keyin bu butqadan ozgina olib yumaloqlang va tuklar ustidan sekin yurgazing. Bu amaliyotni foydasi ko'ringuncha takrorlang. Tishlar uchun Tishlarni oqartirish va mustahkamlash uchun quyidagi amaliyotni takrorlab turish sharq tabobatida tavsiya etiladi. Quruq tish cho'tkasini quyuq smetana yoki yogurtga botirib tishni tozalanadi. So'ng 5 daqiqadan so'ng og'iz chayiladi. Bu amaliyotni haftada bir kun davomida 3-5 marta takrorlanadi. Zamonaviyroq usuli esa smetana yoki yogurt o'rniga quruq sut ishlatish ham mumkin. Sut va sut mahsulotlardagi yuqori darajali kal'tsiy va sut kislotasi tishning emalini mustahkamlab oqartiradi.