Sevgilim Nozima! Yuragimning eng nozik va eng katta bo’lagi. Men seni qanchalar sevardim-a! Seni yerdan ham, ko’kdan ham, shamoldan ham, quyoshning zarrin, oyning charog’on nurlaridan ham qi’zg’anardim. Senga hayotimni baxsh etgandim-a! Esingdami… Ariq bo’yi. Yam – yashil maysazorda yotgancha, gullar bag’riga g’arq bo’lgancha, kunduzilari ko’m – ko’k osmonga, oppoq bulutlarga, kechalari esa hozirgiday charaqlab turgan yulduzlarni sanab to’ymasdik. Esingdami… "Turmush qurganimizdan so’ng, shirindan shakar bir etak farzandlarimniz bo’ladi. Ota – onalarimizning duolarini olib baxtli, totli hayot kechiramiz” shirin – shirin orzular qilardik, hayollar surardik. Esingdami… - To’yimiz o’tgandan keyin meni tashlab ketmaysiza, - deb so’rarding doimo kulib. - Tashlab ketaman, -derdim men ham ataylab. - Unda men sizga turmushga chiqmayman, -derding jahling chiqib. Esingdamidi?! Ayt! O’sha damlar, o’sha lahzalar. Yo’q. Hatto hayolingda ham bo’lmagan. Bo’lganda edi… Meni zarracha bo’lsa ham sevganingda edi. Mana shu hayajonli onlarga, orzularimizga hiyonat qilmagan bo’larding. Esingdami… Sen oq atilgulni yaxshi ko’rarding. Shuning uchun doim senga oq atirgul hadya qilardim. Sen esa quvonch to’la ko’zlaring bilan uni qo’llaringa olarding. Yolg’on ekanda! Demak, o’shanda ko’zlaring menga yolg’on so’zlagan ekanda! Naxotki, sen, mana shu oq atirgul kabi sof, pok sevgimizga hiyonat qilding. Naxotki, "o’sha”ning qo’llaridan uch yuz qizil atirgullarni olayotganingda shularni eslamagan bo’lsang. O’sha mening ko’z yoshlarim edi. Ha, ha, o’sha qip – qizil atirgullar mening ko’z yoshlarim edi. Men qon yig’layotgan edim. Sen baxtli hayot o’rniga mol-u dunyoni, kibr-u havoni tanlading. Seni… To’ying bo’lgan kechasi seni yuragimdan sug’urib tashlashga o’z-o’zimga ont ichdim. Bir qanchadan so’ng ota – onamning hohishi bilan men ham uylandim. Endi mening sevimliy yorim, o’zi qo’g’irchoqdek, sochlari qo’ng’iroqdek qizcham bor edi(huddi orzu qilganimizdek). Men asl baxtli hayot kechirayotgandim. Sen haqingda eshitdim… Farzandingiz yo’q ekan. shuni ketidan bormagan joyingiz qolmapti. Qaynota-qaynonang ham senga kun bermaydigan bo’lishibti. "O’sha”(umr yo’ldoshing) doim uyga mast bo’lib keladigan, seni ayamay uradigan bo’libti. Oxiri senga xiyonat qilishgacha boribdi. Undan o’g’illik ham bo’lib, uyiga olib kelib yashay boshlabdi. Bunga qaynota-qaynonang ham qarshilik ko’rsatishmabdi. Senga huddi cho’riday munosabatda bo’lishibdi. Ota- onang oldiga pushaymon bo’lib qaytib kelibsan. Ular esa "Hammasiga o’zing aybdorsan, shunga turmushga chiqaman, deb turib olgan o’zing ediku” deb uyga kirg’izishmabdi. Borar joying bo’lmagani uchun yana ortinga qaytibsan. Balki… Balki bularning barchasi senga berilgan jazodir!? Tunov kuni bozorga ro’zg’or qilgani tushgandim. Seni uchratdim. Qaraya, avvallari qanchalar go’zal eding. Endi bundan asar ham qolmabdi. Hali yigirma ikkini qoralamagan bo’lsang ham yuzlaringa ajin tushibdi. Qani, o’sha sho’x shaddodliging? Meni ko’rib uyalib kettinga! Buni sezdim. Ko’zlaringda mayuslik bor edi. Chehrangda qandaydir afsus ifodasi bordak edi. "Meni kechiring” degandek menga boqarding mungli. Men esa senga "barchasiga o’zing aybdorsan” degim keldi. Ammo… Ammo men seni ko’rmaganlikka oldim. Ilk muhabbatimga, baxti qaro muhabbatimga, hiyonatu afsus-nadomatga to’la muhabbatimga boqishni istamasdim. Sen buni sezding chamasi ortimdan uzo-oq tikilib qolding. Ertasi kuni esa shum habar eshitdim. Onamdan… Nahotki, nahotki… Nahotki, o’z-o’zinga qasd qilgan bo’lsang. Nima uchun??? Oh, hudoyim. Qani edi kecha seni kechirganimni aytganimda! Shu ishlar bo’lmasmidi? Seni hayotinga nuqta qo’yilmasmidi? Meni kechir, Nozima! Azizam!!! Sevgilisini o’z qo’llari bilan qora tuproqqa tashlagan nomardni kechir. O’tinaman, mendek ahmoqni kechir. Kechir… Hozir tun. Hammayoq zim ziyo. Men esa sening qabring tepasidaman. O’ksib-o’ksib yig’layapman. Senga so’ngi so’z o’rnida faqatgina ushbu so’zlarni aytishim mumkin: Nozima, ilk muhabbatim! Iltimos, menga ishon. O’shanda men seni qarg’amagandim. Senga yomonlikni ravo ko’rmagandim. Ishon… Senga faqatgina ulkan BAXT tilagandim, xolos. JAMSHID
|